Xorijiy matbuot sharhlari 03.06.2015

Eron tabiiy gazi Turkiya tuproqlaridan Yevropaga yetkaziladi.

292304
Xorijiy matbuot sharhlari 03.06.2015

Eron, Mehr xabar agentligi, "Turkiya bilan Eron o'rtasida yaqinda tabiiy gaz mavzusida uchrashuvlar boshlanadi" deb yozmoqda. Eron Milliy Tabiiy Gaz firmasi xalqaro ishlar mudiri Ramaznning so'zlarini xabar qilmoqda. Agentlikning xabarida, Tehron va Anqara o'rtasida tabiiy gaz kelishmovsizligi tufayli davom etgan sud jarayonini qozonganliklarini bildirib, Eron bilan Turkiya o'rtasidagi tabiiy gaz sohasida uchrashuvlarning boshlanishini xabar qildi. Xabarda shuningdek, Ramazanning, "Tabiiy gaz narxi bilan aloqali kelishmovsizliklarning xalqaro ko'lamli bir masala" bo'lganini ham ifoda etmoqda.

Germaniyada, Frankfurt Allgemeine Zeitung gazetasi, Yunonistonning qarziga to'xtalib "Berlindagi yig'ilishdan ham kelishmovsizlik ham muqobil yo'l chiqdi. Kelishmovsizlik, Yunonistonning kredit qarzini ko'tara olmasligini bildirib qarz berishdan bosh tortgan Xalqaro Pul Fondi bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasida maydonga keldi. Boshqa o'zgarish esa kreditsizlikdan kelib chiqgan yukni ko'tarishga tayyor bo'lganliklarini bildirgan yevro qutqaruvchi o'lkalari orasida ta'min etildi. Lekin ayni paytda eskisi kabi Tsipras davrida ham davom etmoqda.

Yunonistonda nashr etilgan Kathimerini gazetasi, "İMFdan rivojlanish imosi" deb yozmoqda. IMF rahbari Christine Lagarde, Germaniya ziyorati bilan aloqali Ijro Kengashi a'zolariga ma'lumot berdi. Lagarde, umumiy ifodalar bilan so'zladi, asosan davomli bo'lishini aytishdan bosh tortdi. Fondning bosh iqtisodiyotchisi Olivier Blanchard esa yig'ilishdan keyin qilgan ma'ruzasida, "Unday yoki bunday, natijada bir yechim topiladi" deb yaqinda ayrim o'zgarishlar maydonga kelishini imo qildi. Berlindagi yig'ilishdan keyin IMFning uslubi ijobiy yo'nalishda o'zgardi.

Rossiyadagi Komersant gazetasining xabariga ko'ra, "Eron, Turkiya va Rossiya hamkorligida amalga oshirilishi kutilgan tabiiy gaz quvur loyihasi "Turk Oqimi"ni o'z tabiiy gazini Yevropa Ittifoqiga yetkazish maqsadi bilan foydalanishni mo'ljallamoqda. Eron Milliy Gaz shirkati xalqaro aloqalar bo'lim mudiri Azizolloh Ramazoni, "Turk Oqimining Eron gazini Yevropaga yetkazishga xizmat qilishini izohladi. Ramazoni, tomonlarning hanuz bu mavzuga doir bir kelishuvga bormaganini bildirib, quvur tarmog'ining Turkiya tuproqlariga, hattoki Qoradengizgagi bo'limining ham bu doirada ishlatilishini izohladi.

Ispan El Mundo gazetasi, "Obama: Isroil-Falatin bilan muzokaraga yaqlashmagan taqdirda, BMTda o'zini mudofaa etishga majbur bo'ladi" dedi. AQSH Prezidenti Barak Obama, Isroildagi Canal-2 televidenyasiga bergan bayonotida, "Isroilning xavfsizligini ta'min etish uchun mas'uliyatga egamiz" dedi. Obama, Yaqin sharqdagi vaziyat salbiy tuz olganda Isroilning qiyinchiliklari va tahditlarini tushunganliklarini izohladi. Netenyahuning o'z hukumati davrida mustaqil bir Falastin Davlatining vujudga kelish imkoni bo'lmagani ko'ringach, Obama, "Bu yerdagi tahlika Isoilning o'z xavfsizligini yuqotishidir. Xalqaro jamoatchilik endi Isroilning ikki davlatdan tashkil topgan yechim mavzusida samimiyatiga ishonmaydi" dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar