Xorijiy Matbuot Sharhlari 21.10.2014

165789
Xorijiy Matbuot Sharhlari 21.10.2014

Qatarda narsh etilgan el Jazira gazetasining internet saytida: "Afg'onistonga yordamlar davom etadi" deb yozmoqda, Prezident Rejep Tayyip Erdog'anning, Afg'onistonda olib borilgan ta'lim, siyosiy va iqtisodiy sohalarda har turli yordam berishga davom etishini ifoda etganini bildirmoqda.

Erdog'an, bir kunlik ziyorati doiasida, Afg'oniston Davlat Rahbari Eshref Gani Ahmerdzai bilan uchrashdi.

İkki lideri uchrashuvdan keyin mushtarak matbuot anjumani o'tkazdi. Matbuot anjumanida ma'ruza qilgan Erdog'an, "Turkiya qanday eskidan Af'onistonni dastalagan bo'lsa bundan keyin ham davom etadi" dedi.

Xalqaro Dastak Kuchining (İSAF) Afg'onistondagi vazifasini jori yil oxiridan e'tiboran nihoyasiga yetkazishini bildirgan Erdog'an, "Bunga qaramay Turkiya, AQSH, Germaniya va İtaliya xavfsizlik kuchlarining o'lkada qolishini" takidladi.

Erdog'an, uchrashuvda ikki o'lka o'rtasidagi siyosiy, harbiy va tijoriy aloqalarning muhokama qilinganini bildirdi.

Afg'oniston Davlat Rahbari esa Turkiyaning o'lkasi uchun boshda salomatlik va ta'lim sohalari bo'lib har turli yordam berishini ma'lum qildi.

Rossiya İtartas Xabar Agentligi "Xavfsiz hududlar tashkil etiladi" deb yozgan xabarda, Prezident Rejep Tayyip Erdog'anning, Afg'oniston ziyoratida jurnalistlarga, Suriyaning shimolida xavfsiz hudud tashkil etishning u tuproqlarni ishg'ol etish ma'nosiga kelmaganini" ifoda etdi.

Erdog'an, "Bu, Turkiyaga sig'ingan Suriya fuqarolarining o'z tuproqlariga qaytishi uchun bir imkoniyatdir. Buning uchun u yerda xavfisizlikni o'rnatish kerak" dedi.

Fransuz AFP Xabar Agentligi, "Obama, Erdog'nga kurash uchun va'da berdi" deb yozmoqda. Oq Uydan berilgan bayonotda AQSh Prezidenti Barak Obamaning Prezident Rejep Tayyip Erdog'anga qo'ng'iroq qilib İSHİDga qarshi kurashga va'da bergani bildirilmoqda. Oq Uydan berilgan bayonotda, har ikki liderning, asosan Kobanidagi vaziyatni va İSHİDning harakatini to'siqlash uchun Suriya mavzusini muhokama qilgani bildirildi. 

Bildiruvda, AQSh Prezidentining, "Minglarchasi Kobanidan bo'lib 1 million ko'chmanchiga mezbonlik qilgan, Turkiyaga minnatdorchilik izhor etib" İSHİDga qarshi hamkorlik mavzusi mudofaa etildi.

Avstriya Xabar Agentligi Der Standart "Yevropa İttifoqi, Avstriyaga da'vo ochadi" deb yozmoqda. Yevropa İttifoqi Komissiyasi, Turk ichshilar va ularning oilalarining haqlari bilan aloqali Avstriyaga Yevropa De'voni huzurga tergov qo'zg'atdi.

Yevropa İttifoiq Avstriyani aniq joylashish va iqomat qonunining Yevropa İttifoqi bilan Turkiya o'rtasidagi sheriklik shartnomasiga rioya qilmaslik bilan ayblanmoqda.

Yevropa İttifoqi so'ngi marotiba Aprel oyi Avstriyani bu mavzuda ogohlantirgan edi.

Komissiya, Avstriyaning ogohlantiruvlarga qaramay o'z bilganidan qolmaganini, shu bos Komissiyaning endi Yevropa Adolat de'voniga murojaat etganini bildirdi.

Rossiyada Komersant.ru internet sayti "Turkiya-Rossiya Havo Safarlari ortadi" deb yozmoqda. Turkiya Rossiya o'rtasida havo safarlarini rivojlantrish rejalari, havochilik sektoriga katta ta'sir qiladi. Moskovoa, Transero va Aeroflot Havo Yo'li shirkatining İstanbuldan uyushtirgan havo safarlarini orttirib, Turk Havo Yo'llari shiarkatining Rossiyada safarlarni orttirishi bildirildi.

Rossiya va Turkiya havochilik sektoridan vakillar uchrashuvlar o'tkazmoqda. Uchrashuvlar natijasida, Turkiyaning Sibir hududidan yana ko'proq havo safari va Rus havo yo'li shirkatining Ataturk aeraportidan havo afarini orttirishi uchun kelishdi. Qaror 2015 yilidan e'tiboran kuchga kiradi. 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar