Xorijiy matbuot sharhlari 25.06.2014

O’tgan hafta xorijiy matbuotda chop etilgan Turkiya xaqidagi xabarlarga o’rin beramiz.

106733
Xorijiy matbuot sharhlari 25.06.2014


O’tgan hafta xorijiy matbuotda chop etilgan Turkiya xaqidagi xabarlarga keng o’rin beramiz.
Turkiya Prezidenti Abdullah Gul “Asl maqsadimiz Turkiyani mintaqadagi o’zgarishlardan asosan İroq va Yaqin sharqning ba’zi hududlaridagi radikal guruhlar tomonidan sodir qilingan to’qnashuvlardan uzoq tutishdir”-dedi.
İRNA xabar agentligi, “Maqsadimiz Turkiyani uzoqlashtirish” sarlavhasi bilan bergan xabarda Prezident Abdullah Gulning İroqdagi o’zgarishlar xaqida tilga olgan mulohazalariga o’rin berdi.
Agentlik Prezident Abdullah Gulning Kirklarelidagi nutqida İroqning Musul tumani İroq Damashq islom davlati terror tashkiloti tomonidan ishg’ol qilinganligi sababli havotirda ekanligini bildirib, “Avvalo davlatimizning xavfsizligini ta’minlash va u yerdagi salbiy o’zgarishlarni Turkiyaga aks ettirmaslik ustuvor vazifamizdir”-deya ta’kidlaganligini yozdi.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu İroqdagi xokim guruhlar tahlikaga aylanganligini, akstremist guruhlar va terror tashkilotlari orqali boshqa terror tahlikalari kelib chiqqanligini bildirdi.
Davutog’lu, “Terrorizm butun insoniyat uchun tahlikadir”-dedi.
Angliyada nashr qilingan El Shark El Evsat gazetasi, “İroqda sodir bo’lgan hodisalar ichki urushdir” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu İstanbulda o’tkazilgan Turkiya-Germaniya strategik diyalog mehanizmi 2-yig’ilishidan so’ng Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank Walter Steinmeier bilan mushtarak matbuot anjumani o’tkazganligini yozdi.
Davutog’lu Turkiya bilan Germaniyaning demokratik qadriyatlar va inson haqlarini himoya qilgan davlatlar sifatida İroq va Suriya tangligi bo’yicha mushtarak fikrga ega ekanligini bildirdi va insoniyat jinoyati sodir qilgan Suriyaga qarshi xalqaro hamjamiyatning loqaytligidan qayg’ulandi.
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank Walter Steinmeier Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a’zolik jarayoni xaqida “Agar bu jarayonni tezlashtirish kerak bo’lsa, a’zolik muzokaralarida huquq davlatiga doir moddalarni muzokara qilishimiz kerak”-dedi.
Germaniyada faoliyat ko’rsatgan DPA xabar agentligi o’tgan hafta İstanbulga tashrif buyurgan Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank Walter Steinmeier Turkiyaning Yevropa İttifoqiga a’zolik muzokaralarini tezlashtirish istagi borligini tilga olganligini yozdi.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu ham, Steinmeier bilan bo’lgan uchrashuvida Turkiyaning iloji boricha tez vaqt ichida Yevropa İttifoqiga a’zo bo’lmoqchi ekanligini bildirib, “Maqsadimiz Germaniyaning ham buni qo’llab quvvatlashidir”-dedi.
TRT Buyuk İpak yo’lining ko’rkamli tarixini jonlantirish va Buyuk İpak yo’lida joylashgan davlatlar o’rtasidagi an’anaviy do’stlik va hamkorlikni tashviq etish maqsadida “Ota yurtdan ona yurtga: İpak yo’li” nomli xujjatli fil’mni namoyish qila boshladi.
Xitoy xabar agentligi Xinhua, mazkur xujjatli fil’m “Shian g’arbga ochilgan eshik”, “Uyg’ur madaniyati”, Quyosh sharqdan chiqadi” va “Xitoy Seddidan Rumeliga” deya jami 13 bo’limdan iborat bo’lib, har biri 26 daqiqalik bo’limlarni o’z ichiga oladi.
Xabarda, produktsiya shirkati rahbari Kemal Chiftchi bilan o’tkazilgan muloqotga o’rin berildi.
Muloqotda Chiftchi mazkur xujjatli fil’mni tasvirga olish uchun Xitoy, Qirg’iziston, Qozog’iston, O’zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va İroq kabi Buyuk İpak yo’li ustida joylashgan 17 davlatga borganligini va tasvirga tushirish jarayoni 6 oy davom etganligini tilga oldi.
Tarixiy Buyuk İpak yo’lining qoldiqlari hamon Turkiyada mavjudligini ifoda etgan xujjatli fil’m rejissiyori Ekrem Borazan ham, “Buyuk İpak yo’li savdogarlari uchun tayyorlangan karvonsaroylar, bozorlar va hammomlar haligacha foydalaniladi. Turkiya faol shaklda bu tarixiy obidalarni qayta ta’mirlamoqda va ko’z qorachig’idek asramoqda. Bu qimmatbaho tarixiy madaniy me’roslar xozirda turizm manbaiga aylangan”-deya ta’kidladi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar