Yuqori vazndan halos bo’lish uchun tabiiy vositalar

O'simliklar va o'simlik choylari bilan metabolizmni tezlashtirish orqali vazn yo'qotishni osonlashtirish mumkin.

1859464
Yuqori vazndan halos bo’lish uchun tabiiy vositalar

 

Yuqori vazndan halos bo’lish uchun ishlatiladigan o’simliklar haqida ma’lumot beramiz.
O'simliklar va o'simlik choylari bilan metabolizmni tezlashtirish orqali vazn yo'qotishni osonlashtirish mumkin. Bundan tashqari, rozmarin yog'i, kunjut yog'i va limon qobig'i yog'i massaj shaklida qo'llanilishi mumkin.
Kuniga choy, qahva, kompot va yogurt ichishdan tashqari 1,5-2 litr suv ichish tavsiya etiladi. Har kuni tongni bir stakan toza suv ichish bilan boshlang. Lekin ovqatdan keyin kamida bir soatdan keyin suv ichish mumkinligini yoddan chiqarmang.


1) Ko’k choy
Ko’k choy juda kuchli antioksidant hisoblanadi. Ko’k choyni muntazam iste'mol qilish organizmdan toksinlarni olib tashlaydi. Natijada tanadagi yog'ni eritishga yordam beradi.
O’simlik choyi retsepti:
•    4 choy qoshiq ko’k choy 
•    4 choy qoshiq mete o’simligi bargi
•    2 choy qoshiq jambil kukuni
•    2 choy qoshiq qichitqi o’ti bargi 
•    1 litr suv. 


2) Dolchin
Dolchin qon shakarini tartibga solish jarayonida metabolizmni faollashtiradi. Bu ishtahani bostiradi va sizni to'q tutadi.
•    Dolchinni sut yoki yogurt bilan kukun sifatida tanlashingiz mumkin. Shu tarzda, u sizning ichaklaringizni ham faollashtiradi.
•    Dolchinni damlangan choyga solsangiz xushbo’y hid beradi. 
•    Dolchinni ichimlik suvi bilan iste'mol qilish mumkin. Unga limon, yalpiz, petrushka ilova qilib, iste'mol qilishingiz mumkin. 


3) Petrushka
Petrushka kuchli antioksidant hisoblanadi. Organizmdagi shishlik muammosini bartaraf qiladi va ozishni qulaylashtiradi. Agar xohlasangiz o’simlik choyi sifatida damlab iste’mol qilishiniz ham mumkin.
Petrushka va limon aralashmasi: 
Bir tutam petrushkani bir stakan limon sharbatiga ilova qiling va blendirda maydalang. So’ngra iste’mol qiling. Bu esa organizmdagi yog’ miqdorini kamaytirib, ozishga yordam beradi.

 

4) Mate o’simligi bargi
Ushbu o’simlik metabolizmni faollashtirish orqali vazn yo'qotish jarayonini boshlaydi. Ayni vaqtda, to’q tutadi va ochlikni kamaytiradi.
•    1 osh qoshiq maydalangan mate o’simligi bargi 
•    200 ml suv
Avvalo 1 stakan suvni qaynatib oling. Qaynatilgan suvga mate barglarini soling. Barglarni 7-8 daqiqa davomida damlang.


5) Rozmarin
Ozish jarayonida rozmarin choyidan foydalanishingiz mumkin. 1 choy qoshiq rozmarinni qaynating. uni muntazam ravishda iste'mol qiling. 


6) Qichitqi o’ti 
Qichitqi o’ti organizmni toksinlardan tozalaydi va tanadagi yog'ni eritishga yordam beradi.


7) Zanjabil
Zanjabil diuretik bo'lib, u shishlikni yo’qotishga katta qulaylik yaratadi. Zanjabilni kukun shaklda ham iste’mol qilish mumkin. Ichimlik suviga limon va zanjabil qo’shin iste’mol qilish ham samarali bo’ladi.


8) Jambil 
Vaznni yo'qotish jarayoni birinchi navbatda toksinlardan halos bo’lish bilan boshlanadi. Keyin yog' yoqish jarayoni bilan davom etadi. Jambilni salatga qo’shib ham iste’mol qilish mumkin. Qaynatilgan suvga jambil ko’katini solib choy damlashingiz ham mumkin. Bu esa organizmdagi yog’ni eritadi va ozishga yordam beradi.

 

9) Mayoran o’simligi
Toza ichimlik suviga mayoran o’ti va limon ilova qilib, iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bu organizmda yog’ miqdorini kamaytiradi. Bu o’simlikni damlab choy isfatida ham iste’mol qilish mumkin.


10) Yalpiz
Yalpizni salatlarga, ichimlik suviga, yogurtlarga qo'shib xom holda iste'mol qilish mumkin. U barcha taomlarga ziravor sifatida qo'shilishi mumkin. Yalpiz odamni to'q tutadi va ovqat hazm qilish tizimini tartibga soladi. 


11) Gilos sopi
Gilosning sopini quritib, choy sifatida damlab iste’mol qilish ichaklarni faollashtiradi. Ichaklar tartibda bo'lganda, zaiflashish boshlanadi.

 
12) Qalampir munchoq choyi
Issiq suvga 2 ta qalampir munchoq soling va biroz kuting. Unga 1 choy qoshiq asal va 1 osh qoshiq olma sirkasi ilova qiling. Yaxshilab aralashtirgandan so'ng, og'zini yopiq holda stakanda sovutib oling. Ushbu aralashmani ertalab nonushta qilishdan taxminan 1 soat oldin iste'mol qilishingiz mumkin va 1 oydan ortiq bo'lmasligi sharti bilan har kuni takrorlashingiz mumkin.


13) Dolchin va zanjabil choyi 
Dolchin va zanjabil choyini tayyorlash uchun 1 dona dolchin, 1 dona zanjabil ildizi, 1 choy qoshiq qora murch, 1 litr suv, 6 dona kardamon, 2 dona qalampir munchoq va 1 choy qoshiq asal kerak bo’ladi.
Qora qalampir va asaldan tashqari barcha masalliqlarni bir piyola ichiga aralashtirib, 3 daqiqa qaynatib oling. Qaynayotgan aralashmaga asal va qora murch qo'shing. Ushbu tabiiy aralashmani kuniga 3-4 stakan tushdan keyin va kechqurun ichishingiz mumkin.


14)Limon o’ti choyi
2 choy qoshiq limon o‘tini qaynating va  2-3 daqiqa damlang. So’ngra 5 daqiqa sovishini kuting va tayyor bo'lgach, 1 choy qoshiq yalpiz ilova qilib iste’mol qiling.

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.
 


Tanlangan kalimalar: #ozish

Aloqador xabarlar