Soch parvarishi va qazg’oqdan xalos bo’lishning tabiiy usullari

Qazg’oq – faqat sifatsiz shampun va sovunlarning reaksiyasi ta’siri emas. Bu teri kasalligining bir ko’rinishidir. Tibbiyotda bu “seboreik dermatit” deb ataladi.

1823022
Soch parvarishi va qazg’oqdan xalos bo’lishning tabiiy usullari

 

Qazg`oqning paydo bo`lishiga soch ildizidagi yog`li muhitda yuzaga kelgan zamburug`lar sabab bo`ladi. Ular sababli teri hujayralari qurib qoladi va yelkalarga to`kiladi. Qazg`oqni nafaqat tibbiy dori-darmonlar, balki xalq tabobatidan foydalanish yo`li orqali ham davolash mumkin. Qazg`oqqa qarshi ishlatiladigan shampunlar, maxsus zardoblar, nikotin kislotasi yordamida kurashish mumkin. Ammo bu vositalar qanchalik foydali bo`lmasin, tez-tez almashtirishga tog’ri keladi.

Qazg’oq – faqat sifatsiz shampun va sovunlarning reaksiyasi ta’siri emas. Bu teri kasalligining bir ko’rinishidir. Tibbiyotda bu “seboreik dermatit” deb ataladi.

Bunga sabab ko’pchilik odamlarning terisida doimo yashaydigan zamburug’lar bo’ladi. Faqat ular uyqu holatida yashaydi. Agar odamda immunitet pasayib ketsa zamburug’lar uyg’onadi va teri kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Qazg’oq paydo bo'lishining boshqa sabablari:

  • Sochni muntazam va yaxshi yuvmaslik,
  • Noto'g'ri ovqatlanish, vitamin etishmasligi,
  • Psoriaz va ekzema kabi teri kasalliklari,
  • Gel va sochni parvarish qilish vositalaridan tez-tez foydalanish,
  • Sovuq va quruq havodan ta’sirlanish,
  • Shampunni qo'llashdan keyin sochni yetarli darajada chayqamaslik,
  • Mavsum o’zgarishi,
  • Shampunni o'zgartirish,
  • Sochni oz yoki ko’p yuvish,
  • Sifatsiz soch bo’yoqlari,
  • Bosh terisida bakteriyalar va zamburug’ shakllanishi.

Uy sharoitida qazg’oqdan xalos bo’lishning tabiiy usullari:

LIMON SHARBATI

Qazg’oq paydo bo’lishining yana bir sababi — boshning sochli qismi terisida kislota muvozanatining buzilishi. Limon sharbati terining normal holatini tiklaydi, bu esa muammolarning yo’qolishiga olib keladi.

  • Bir stakan limon sharbati va besh qoshiq kokos moyi aralashtiriladi;
  • Aralashma bosh terisiga surtiladi va 30 daqiqaga qoldiriladi;
  • So’ng suv bilan chayiladi va sochlar shampun bilan yuviladi.

 

OLMA SIRKASI

Sirka deyarli har bir odamning terisida mavjud bo’lgan zamburug’ va zararli bakteriyalarni nobud qiladi. Biroq, bu sirkaning yagona xossasi emas. Uning kislotali komponenti terining qichishini kamaytiradi va shu bilan qazg’oqni yo’qotadi.

  • Massaj harakatlari bilan bosh terisiga 1:1 nisbatda suyultirigan olma sirkasi surtiladi;
  • Bosh sochiq bilan o’raladi va 30-40 daqiqaga qoldiriladi, keyin suv bilan chayiladi;
  • Sochlar odatiy ravishda shampun bilan yuvib tashlanadi.

Tabiiy o’simlik moylari jamlanmasi:

Zig’ir urug’i yog’i, kunjut urug’i yog’i, bodom yog’i. Bu yog’lar yordamida sochni ildizi bilan birgalikda yaxshilab uqalash samarali bo’ladi.

 

ZAYTUN MOYI

Zaytun moyining asosiy foydasi — terining quruq joylarini namlashi va shu tariqa qazg’oqni oldini olishida. Bunga qo’shimcha ravishda, moy qazg’oqlarni bir-biriga yopishtirib qo’yadi, bu esa ularning to’kilishini qiyinlashtiradi.
 

  • Har kuni yotishdan oldin bosh terisiga iliq zaytun moyi surtiladi;
  • Bosh sochiq bilan o’raladi.
  •  Ertalab bosh shampun bilan yuviladi.

 

Qichitqi o’t:   

Bir chimdik qichitqi o't 750 ml qaynoq suvga solinadi va 2-3 daqiqa qaynatiladi.

Keyin suzib olinadi. Toza soch bu aralashma bilan massaj qilinadi, yarim soatga qoldiriladi va keyin yuviladi.

 

Lavanda:

Bir tutam lavanda qaynayotgan suvga tashlanadi, past olovda 5 daqiqa qaynatiladi. Sochlar sovutilgan lavanda suvi bilan yuviladi. Yarim soat kutgandan keyin yaxshilab chayqaladi.

 

Kokos yog’i: 

Dush qabul qilishdan oldin, kokos moyini bosh terisiga massaj qiling. Sochiqni o'rang va yarim soatga qoldiring va sochingizni yaxshilab tarang. Keyin sochingizni iliq suvda shampun bilan yuving.

Bundan tashqari, kokos moyi terining namligini oshirish orqali qazg’oqni kamaytirishga yordam beradi.

 

CHOY DARAXTI YOG’I

Choy daraxti moyi zamburug’larga qarshi ta’siri bilan mashhur hamda ajoyib antiseptik hisoblanadi. 

 

Mineral suv:

Soch yuvilgandan so'ng, sochlar mineral suv bilan massaj qilinadi. 5 daqiqa kutgandan so'ng, sochlar chayqaladi.

Biroq, e'tiborga olish kerak bo'lgan ba'zi xususlar ham mavjud.

  • D vitamini va ovqatlanish odatlaringizni tartibga solish kepekni kamaytiradi. Masalan, choy, qahva, kofeinli va gazlangan ichimliklar iste'molini kamaytiring..
  • yashil bargli sabzavotlar va yangi mevalarni iste'mol qiling.
  • Kuniga 2,5-3 litr suv ichish muhimdir..
  • Bo'yoq kabi og'ir kimyoviy moddalarni o'z ichiga olgan parvarish va kosmetika mahsulotlaridan saqlaning.
  • Og'ir shampunlar, sochlar uchun gel, fen kabi vositalarni iloji boricha kamroq ishlatmang..
  • Ayniqsa, qazg’oq ko’paygan davrida, sochlarini fen bilan yaxshilab quritadigan jarayonlardan qochish kerak..

 

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #soch parvarishi , #qazg'oq

Aloqador xabarlar