Xotirani kuchaytirish va uni mustahkamlashning tabiiy usullari

Hozirgi kunda xotirani yaxshilash uchun medikamentoz terapiya va xalq tabobati vositalarini qo’llash mumkin. Agar xotira juda ham pasaygan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

1795353
Xotirani kuchaytirish va uni mustahkamlashning tabiiy usullari

 

Xotira – inson asab tizimining eng muhim funktsiyalaridan biridir. Xotirani mustahkamlash ko’pchilikni qiziqtiradigan savoldir. Uning buzilishida inson hayoti davomida noquaylik sezadi va bu jiddiy nevrozlar, depressiyalarga olib keladi. Agar xotiraning buzilishi uzoq davom etsa, bu insonni mehnat qilish qobiliyatidan mahrum etib, nogironlikka olib kelishi mumkin. 

Eslab qolish qobiliyatining pasayishi ko’proq katta va keksa yoshdagi odamlar uchun xosdir, bu bosh miya faoliyatining yosh o’tishi bilan sodir bo’ladigan o’zgarishlariga bog’liq. Biroq, oxirgi paytlarda xotiraning pasayishi yoshlar orasida ham ortib bormoqda.

XOTIRA VA MIYA FAOLIYATINI YAXSHILAYDIGAN MAHSULOTLAR

Agar “uy sharoitida xotirani kuchaytirish mumkinmi?” degan savol siz uchun ham o’rinli bo’lsa, taomnomangizga e’tibor bering. Unda albatta olma bo’lishi kerak. Olma temir kabi muhim makroelement yetishmasligini to’ldirishga yordam beradi. Meva tarkibida miya hujayralarini erkin radikallarning salbiy ta’siridan himoya qiluvchi moddalar mavjud. Muntazam ravishda olma iste’mol qilinsa, organizmda xotirani yaxshilaydigan neyromediatorlar sintezi rag’batlantiriladi.

  • Omega-3

Omega-3 yog'iga boy bo'lgan baliqlarni iste'mol qilishga ahamiyat bering. Chunki, omega-3 yog'i altsgeymer kasalligi xavfini kamaytiradi, xotira yo'qolishini oldini oladi, miyaning to'g'ri ishlashiga yordam beradi va yurak ritmini tartibga soladi. Baliq miya hujayralarining uzoq vaqt g‘ayrat bilan ishlashi uchun kerak bo‘lgan moddalarga boy. Serotonin gormonini ishlab chiqaradigan Omega-3 moyi insonning o’zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

  • Yashil bargli sabzavotlar

Karam, ismaloq va brokkoli kabi sabzavotlar miya salomatligi uchun zarur bo’lgan ozuqalardir. Karam miya faoliyatini me’yorlashtiradi, asab tizimidagi yosh bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.

  • Pomidor

Antioksidantlarga boy bo’lgan pomidor unutuvchanlikka qarshi kurashadigan mahsulotlar qatoriga kiradi.  

  • Yong’oq, findiq va yeryong’oq

Yong'oq - xotirani yaxshilovchi mahsulotlar orasida yana bir foydali mahsulot bo’lib, u dofaminga boy hisoblanadi va fikrlash qobiliyatini yuksaltiradi. Shuningdek, uning tarkibidagi litsin miya faoliyatini yaxshilaydi va xotirani kuchaytiradi. Besh dona yong‘oq — bir sutkalik meyor. Shuningdek, yong‘oqlar miyaning barvaqt qarib qolishini oldini oladi. Ushbu mahsulotlar miya salomatligi uchun foydali bo’lgan yog’larni o’zida mujassam qilib, yurak uchun ham foydalidir. Biroq, yeryong'oqning allergik va yuqori kaloriyaga ega ekanligini unutmang. Shuning uchun kuniga 15/20 dona iste'mol qilish etarli bo'ladi.

  • Osh qovoq urug'i 

Osh qovoq urug'i magniy, temir, rux va misga boy hisoblanadi. Ma'lumki, rux etishmovchiligi altsgeymer va depressiya kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi.

  • Dolchin

Zehningizni o’tkir qiluvchi va e’tiborni jamlaydigan dolchin xotirani ham mustahkamlaydi.

  • Tuxum

Aqliy kuchingizni oshirish uchun har kuni ertalab bitta tuxum iste’mol qilish tavsiya etiladi.

  • Mevalar

Har hafta qulupnay va chernika (yaban mersini) iste'mol qilish xotiraning pasayishini kechiktirishi mumkin.

  • Don mahsulotlari

B vitaminiga boy dukkakli mahsulotlar miya salomatligini saqlashda va xotirani mustahkamlashda o’ziga xos xususiyatga ega.

  • Ko’k choy

Xolesterinni kamaytirish orqali miya funktsiyalarini himoya qilishga yordam beradi.

  • Kepekli ozuqalar

Miya funktsiyasining energiya zaxirasi bo'lgan kepekli ozuqalar tezda chalg'ishni kamaytiradi va diqqatni jamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, qon aylanishini tartibga soladi.

  • Yogurt

Kaltsiyga boy bo'lgan yogurt xotirani mustahkamlashga yordam beradi. Kuniga yogurt yoki boshqa sut mahsulotlarini muntazam iste'mol qilishga e’tibor berish tavsiya etiladi.

  • Chernika (Yaban mersini)

To‘q rangli meva va sabzavotlarni iste’mol qilish xotirani yaxshilaydi va qisqa muddatli xotira yo‘qolishini oldini oladi. Chernika ulardan biri hisoblanadi. Ushbu meva ayni vaqtda stressni kamaytiradi.

  • B vitaminlari

Ayniqsa, B6 va B12 vitaminlarini iste'mol qilish insult, demans va altsgeymer kasalligi xavfini kamaytiradi. Tovuq, baliq, tuxum va B vitaminlariga boy yashil bargli sabzavotlarni iste'mol qilish inson salomatligi uchun o’ta muhimdir. Asab tizimini uyg‘unlik bilan ishlashi uchun muhim. B1 — kepak, no‘xat, yormalar, yong‘oq, jigar, tuxum sarig‘i va sutda, B12 — go‘sht, mol jigari, baliqlar tarkibida ko‘p mavjud bo’ladi.

  • Smorodina

Smorodina tarkibidagi S vitamini aql zakovatni o’tkirlaydi. Keksalarda ko’p uchraydigan demans va altsgeymer kasalligidan himoya qiladi. Smorodina bilan bir qatorda tsitrus mevalari va brokkoli ham ushbu himoyani qo'llab-quvvatlaydi.

  • Qahva

Kofein miya funktsiyalarining yuqori darajada ishlashini ta'minlaydi. Bu xotirani mustahkamlaydi va uni yaxshilaydi. Kuniga ikki stakan qahva bunga yordam beradi. Biroq, me’yordan ortiqcha qahva iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.

  • Brokkoli

Bu asab tizimini quvvatlantiradi, reflekslaringizni kuchaytiradi va miya rivojlanishini tezlashtiradi. Shuningdek, u tanadagi toksinlarni yo’q qilishga katta hissa qo'shadi.

  • Mavrak (Shalfey)

Mavrak xotirani mustahkamlashga katta ta'sir ko'rsatadi. Bu, ayniqsa diqqatni jamlashda qiynalayotganlar uchun eng muhim tabiiy vositadir. Boshqa tomondan, u ham kundalik stressni kamaytiradi. 

  • Sport va jismoniy mashq

Sport bilan shug'ullanish, yurish yoki yugurish - bu miyaning ishlashiga hissa qo'shadigan yana bir muhim omil bo’lib hisoblanadi.  

     Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.

 

 

 

                               


Tanlangan kalimalar: #xotirani kuchaytirish

Aloqador xabarlar