Yurak urishi yoki taxikardiya va unga sabab bo’lgan omillar

Kasallikning oldini olish uchun stressni o'z vaqtida yengish va hissiy holatni doimiy nazorat qilish muhimdir. G'azab, haddan tashqari zo’riqish, uyqusizlik va jismoniy ortiqcha yuk birlashganda, o'tkir miokard infarktga sabab bo'lishi mumkin.

1782730
Yurak urishi yoki taxikardiya va unga sabab bo’lgan omillar

 

Yurak —insonlarning qon aylanish sistemasidagi markaziy aʼzo bo’lib, u doimo bir xilda qisqarishi (sistola) tufayli qonni qon aylanish sistemasi boʻylab haydab beradi va uni venalar orqali qaytib kelishini hamda arterial qon tomirlardagi harakatini taʼminlaydi. Yurak kasalligini ko'rsatadigan har qanday alomatlarga e'tibor berish o’ta muhim. Ularni e'tiborsiz qoldirmaslik yoki yo'q bo'lib ketishini kutmaslik va test va tashxis qo'yish uchun darhol shifokorga murojaat qilish darkor.

Yurak urishi, boshqacha aytganda taxikardiya, turli sabablarga ko'ra paydo bo'lishi mumkin. Ayniqsa, stressli hayot tarzida yashovchi ko'plab odamlar yurak urishi muammosiga duch kelishadi. Shu sababli stressdan uzoq turish o’ta muhim.

Yurak urishi, yoki taxikardiyaga sabab bo’lgan omillar:

Avvalo yurak urishini qo'zg'atuvchi omillar nimalardan iborat ularni aniqlab olish darkor.

  • Ish yuki va stress,
  • Meyordan ortiqcha jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish,
  • Depressiya,
  • Chanqoqlik,
  • Yuqumli kasalliklar,
  • Spirtli ichimliklar va chekish,
  • Imtihon stressi,
  • Dori vositalaridan noto’g’ri foydalanish.

Asosan chekuvchi odamlarda yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfi chekmaydiganlarga qaraganda 2-4 baravar yuqori bo’ladi. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari dunyo bo'ylab o'limning asosiy sababidir.


Sigareta chekish yurak xurujlari va qon tomirlari torayishiga olib kelishi mumkin.

Chekish, organlarning periferik qon ta'minoti buzilishini keltirib chiqaradi. Og'riqli spazmlar, uyqusizlik va oyoqlarda charchoq hissi paydo bo'ladi. Qon ta'minotining yetishmasligi infeksiyalar xavfini oshiradi, gangrenani keltirib chiqaradi va oyoq-qo'llarni amputatsiya qilishga olib keladi.

Agar chekishni tashlasangiz, yurak xurujiga duchor bo'lish xavfi kamayadi va oyoqlaringizdagi spazmlar asta sekin yo’qoladi, chunki qon ta'minoti yaxshilanadi.

Yurak urishi yoki taxikardiyani kamaytirish uchun tinchlantiruvchi metodlar;

Stress inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu taxikardiyani keltirib chiqarishi yoki mavjud yurak urishini yomonlashtirishi mumkin. Ba'zi tinchlantiruvchi usullarini sinab ko'rish yurak urishini tartibga solishi mumkin.

Masalan;

  • Meditatsiya,
  • Nafas olish mashqlari,
  • Yoga,
  • Toza havoda sayr qilish,
  • Sport bilan shug’ullanish,
  • Dam olish va hakazolar…

Yurak urishini tartibga solish uchun avvalo uni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlab olish zarur. Sigareta chekish, kafeinli ichimliklar iste’mol qilish va ba’zi dori vositalari taxikardiyaga zamin yaratishi mumkin. Shu sababli ushbu zararli moddalardan uzoq turish yurak salomatligining garovidir.

 

Yurak urishini tinchlantirish uchun uy sharoitida qo’llash mumkin bo’lgan ba’zi tabiiy vositalar;

         Valeriana o’simligi:

Xalq tabobatida yurak va qon-tomir kasalliklarini oldini olish hamda davolashda, ayniqsa asab sistemasini tinchlantirishda dorivor o‘simliklar va ulardan olinadigan dori vositalari keng miqyosda ishlatiladi. Dorivor valeriana ana shunday dorivor o‘simliklar qatoriga kiradi. Bu o'simlikning eng katta xususiyati shundaki, u tinchlantiruvchi ta'sirga ega. Valeriana damlamasi yurak urishini yengillashtiradi.

  • Yalpiz:

Yalpiz ko'plab kasalliklarga, ayniqsa sovuqqa qarshi ishlatiladigan o’simlik hisoblanadi. Shunga ko'ra, kunning istalgan vaqtida yalpiz iste'mol qilish yurak urishini sezilarli darajada tinchlantirishi ma'lum.

  • Jambil:

Jambil yurak sog'lig'iga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan shifobaxsh o’simlikdir. Jambil o’simligidan choy damlab, kuniga iste’mol qilish yurak urishi va yurak kasalliklarini oldini olishda samarali hisoblanadi. Jambil efir moyi esa tibbiyotda dezinfektsiyalovchi va antiseptik dori sifatida og‘iz va tomoq shilliq pardalarini dezinfektsiya qilishda ishlatiladi. Shuningdek, balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida bronxit va ko‘kyutal kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

 

       Yurak urishi yoki taxikardiyani tinchlantirish uchun tavsiya etilgan tabiiy damlamalar:

  • Melissa va lavanda choylari

Ular spazmni engillashtiradi, uyqusizlikni davolashga hissa qo'shadi, shuningdek, xoleretik, diuretik va karminativ, shifobaxsh ta'sirga ega. Xushbo'y barglaridan tayyorlangan choy qon bosimini pasaytiradi, nafas olishni sekinlashtiradi, ovqat hazm qilish tizimining yallig'langan shilliq pardalarini tinchlantiradi va asabiy silkinishlarni yengillashtiradi.

Bundan tashqari, lavanda efir moyi ham ko'pincha aromaterapiya seanslarida ishlatiladi. Nervlarga tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

 

Yurak urishini tinchlantirishga yordam beradigan mahsulotlar quyidagilar;

Baqlajon, ismaloq, jo'xori, rayxon, petrushka va dolchin shular jumlasidandir.

Baqlajonni qovurmasdan zaytun moyi bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Xalq tabobatida petrushka urug’idan siydik haydaydigan va terlatadigan vosita tariqasida foydalaniladi, shuningdek, buyrak va yurak kasalliklarida aloqador shishlarga qarshi kuchili vosita tariqasida ishlatiladi.

Dolchinni azaldan dorivor mahsulot sifatida ishlatib kelishgan. Qiziqarlisi shundaki, uning foydali xususiyatlarini hozirgi zamon olimlari ham ta’kidlab kelishmoqda. Dolchin ko’p miqdorda minerallar, vitaminlar va organizmga yaxshi ta’sir ko’rsatuvchi efir moylarini o’zida mujassam qiladi. Dolchin qon bosimini normallashtirib, yurak-tomir tizimini mustahkamlaydi.

Ismaloq o’zida ko’pgina vitamin va minerallarni, antioksidantlarni mujassam qiladi. Ko’rish qobiliyatini yaxshilab, terini taranglashtiradi, immunitetni ko’taradi, asab tizimi va xotirani mustahkamlaydi, stressdan chiqishga yordam beradi va qon bosimini ham me’yorlashtiradi.

Rayxon yurak kasalliklarini oldini olishga va ularga qarshi kurashishga yordam beradi. Rayxon kasalliklarga qarshi kurashuvchi antioksidantlarga ega.

Bundan tashqari, sarimsoq, limon, piyoz, karam, greyfurt kabi mahsulotlar ham yurak salomatligi uchun zarur bo’lgan mahsulotlardir.

 

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.


Tanlangan kalimalar: #yurak salomatligi , #taxikardiya

Aloqador xabarlar