Xalq tabobati-18

Dasturimizning bugungi sonida “Sovuqdan yorilgan qoʻllarni tabiiy usullar orqali qanday parvarish qilish mumkin?”-degan savolga javob beramiz.

1752263
Xalq tabobati-18

Ob-havoning sovushi bilan terida ham turli holatlar paydo boʻla boshlaydi. Ulardan biri teridagi haddan tashqari quruqlik. Nozik terilarda bu vaziyat yorilishlarga va hatto ekzamaga yoʻl ochishi mumkin. Buning oldini olish uchun terining tuzilishini himoya qilish, uni doimo nam saqlash va teriga kerakli parvarishni koʻrsatish lozim.

Yorilgan qoʻllaringizni tabiiy usullar orqali parvarish qilish yoʻllari quyidagicha;

• Suv:

• Terining namligini saqlash uchun kuniga oʻrtacha 2 litr suv ichish kerak.

• Zaytun yogʻi:

Zaytun yogʻi terini yumshoq va nam saqlaydi. Har kuni iki marotaba kamida 5, eng koʻp 10 daqiqa iliq zaytun yogʻi orqali qoʻllaringizni massaj qiling. Bu usulni, zaytunyogʻini kichik shishaga quyib olib, kun davomida yoningizda olib yurish orqali oddiy holga aylantirib olishingiz mumkin.

Uxlashdan oldin ham qoʻllaringizga zaytun moyi surishingiz mumkin. Uni qoʻlingizga massaj orqali yedirib, qoʻlqop yoki paypoq kiyib olsangiz, toʻnggacha qoʻllaringizni yumshoq tutadi.

  • Banan:

Kichkinagina bananni vilka bilan ezib, maydalab oling. Ortidan qoʻllaringizga suring va yarim soatdan keyin iliq suvda yuvish tafsiya qilinadi. Ortidan namlovchi kremlardan foydalanishingiz mumkin.

Ikkinchi usul esa; maydalangan ya’ni pyurega aylantirilgan bananga bir oz asal va zaytun yogʻi ilova etib, aralashtiring. Uni qoʻllaringizga surib, 15-20 daqiqa kuting. Keyin esa qoʻlingizni sovuq suv bilan yuving.

  • Limon suvi: 

Teng miqdorda limon suvi, asal va soda aralashtiriladi. Ushbu aralashmani qoʻllaringizga suring va taxminan bir daqiqa massaj qiling. Massajdan keyin 5 daqiqa kuting va qoʻlingizni iliq suv bilan yuving. Bu usulni haftada bir yoki ikki marta takrorlashingiz mumkin.

  • Aloe vera:

Yangi aloe vera bargini uzunchoq qilib kesib olgach, ichidagi gelni ham darrov sidirib oling. Uni qoʻllaringizga suring va bir necha daqiqa yumshoq massaj qiling. Kamida 10, eng koʻp 15 daqiqa kutgach, iliq suv bilan yuving. Bu usuldan bir kunda 1-2 marta foydalanishingiz ijobiy natija beradi.

  • Suli ezmasi: 

2 osh qoshiq suli ezmasini yarim yoki 1 choy qoshiq asal va bir oz suv bilan aralashtirib, xamir qilib qorib oling. Xohlasangiz ichiga limon suvi ilova etishingiz mumkin. Aralashmani qoʻllaringizga surib, 10 daqiqa kuting. Ortidan iliq suv bilan yuvish tafsiya qilinadi.

  • Tabiiy organik sariyogʻ zaytun moyiga muqobil desak adashmagan boʻlamiz. Qoʻllaringizning yuqori qismiga suradigan sariyogʻingiz, yorilgan qoʻllarni bir zumda yumshatib, davolaydi. Bu usuldan muntazam ravishda foydalanish esa, teringizni tashqi muhit ta’siridan himoya qiladi.
  • Qahva quyqumlari piling ta’siriga ega va u qoʻllaringizni darrov yumshatadi.
  • Choy daraxti efir moyi, shirin bodom yogʻi, kunjut yogʻi, kokos yongʻogʻi moyi kabi teriga foydali yogʻlardan foydalanishingiz mumkin. Ayniqsa suvuq havo, semirish va ariqlash bilan bogʻliq paydo boʻlgan teridagi quruqliklarga katta foyda beradi.

SOVUQ HAVO TA’SIRIDA QURIGAN VA YORILGAN QOʻL TERISINI PARVARISH QILISH QOIDALARI QUYIDAGICHA;

Yumshatuvchi niqob

• 1 osh qoshiq zaytun moyi

• 1 osh qoshiq limon suvi

Zaytun moyi va limon suvini aralashtirib, qoʻllaringizga yaxshilab yediring.

Namlovchi niqob

  • 1 dona qaynatilgan kartoshka
  • 1 chimdim moychechak (quruq)
  • 1 choy qoshiq vazelin

Qaynatilgan kartoshka pyure qilinadi. Tarkibiga vazelin qoʻshiladi. Yaxshilab aralashtirgandan soʻng, quritilgan moychechak gullarini qoʻshib takror aralashtirish kerak. Aralashmani qoʻllaringizga surib, paxta matodan tikilgan roʻmolcha bilan oʻrang, yarim soatgacha kuting va iliq suv bilan yuving.

Teridagi yorilishlarni oldini olish

  • 3 osh qoshiq gul suvi
  • 3 choy qoshiq bodom yogʻi
  • 2 choy qoshiq limon suyu
  • 1 choy qoshiq olma sirkasi

Barcha masalliqlar idishda aralashtiriladi. Aralashma qoʻllarga massaj shaklida suriladi.  Qoʻllaringiz niqobni yaxshilab emishi uchun siz qoʻllaringizni strech, paxta matodan tikilgan roʻmolcha bilan oʻrab olishingiz yoki qoʻlqop kiyib olishingiz mumkin. 30 daqiqa kutgandan soʻng uni iliq suv bilan yuvish kifoya.

Doktor Mehmet Uchar tomonidan tayyorlangan “Xalq tabobati” dasturingizni e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar