Burj Al-Xalifa Turkiya bayrog‘i ranglariga burkandi

 

Birlashgan Arab Amirliklarida Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning tashrifiga katta tayyorgarlik ketmoqda.

Oliy martabali mehmonning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi sharafiga dunyoning eng baland binosi hisoblangan Dubaydagi Burj Al-Xalifa hamda boshqa diqqatga sazovor ob'yektlar Turkiya bayrog‘i ranglariga burkandi. Burj Al-Xalifa nafaqat Turkiya bayrog‘i ranglari bilan, balki turkcha “Xush kelibsiz” degan so'zlar bilan yoritildi.


Tanlangan kalimalar: Erdo'g'an , BAA , Burj Al-Xalifa