Erdo'g'an:"Bu saylovda g‘olib – demokratiyamiz, milliy irodamizdir"

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an kecha bo'lib o'tgan mahalliy saylov natijalari haqida bayonot berdi.

2122998
Erdo'g'an:"Bu saylovda g‘olib – demokratiyamiz, milliy irodamizdir"

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an kecha bo'lib o'tgan mahalliy saylov natijalari haqida bayonot berdi.

"Bu saylovda g‘olib – bizning demokratiyamiz, milliy irodamizdir",-dedi Erdo'g'an.
Turkiya rahbari saylov natijalari e’lon qilingandan so'ng, Adolat va taraqqiyot partiyasi Bosh qarorgohi balkonidan xalqqa murojaat qildi.

"Fuqarolarimizning sog’lom aqli va xavfsizlik kuchlarimizning fidoyiliklari tufayli turk demokratiyasi yetukligini yana bir bor isbotladi”,-dedi Erdog'an o'z murojaatida.

"Sizga ma'lumki, saylovlar demokratik davlatlarning eng tanqidiy kunlaridir. Millat irodasi saylov natijasida o'z aksini topadi. Saylov qutisi orqali millat o'z ovozini aytadi. Millat o'z fikrini saylov orqali siyosatchiga yetkazadi. Xalq bu saylovda o'z ogohlantirishini bildirmoqda. 31-mart kuni "Mahalliy saylovlarda turk millati yana saylov qutisini siyosatchilarga o'z xabarlarini yetkazish uchun imkoniyat sifatida ishlatdi. Natijalardan qat'iy nazar, bu saylovda g‘olib birinchi navbatda bizning demokratiyamiz, milliy irodamiz va siyosiy qarashlaridan qat’i nazar, barcha 85 million fuqarodir”,-deydi Turkiya rahbari.

"Saylov natijalari bizga (Adolat va taraqqiyot partiyasi) butun mamlakatimiz boʻylab yoʻqotishni boshdan kechirayotganimizni koʻrsatmoqda. Albatta, bu pasayish sabablarini ham mahalliy sharoitda muhokama qilamiz. Qayerda yutqazgan bo'lsak, yoki ortda qolgan bo'lsak, sabablarini juda yaxshi aniqlab, kerakli choralarni ko’ramiz”,-degan Erdog’an.

Prezident shuningdek, saylov natijalari mamlakat, millat, shahar, mahalla va qishloqlar uchun foydali bo’lishini tilagan.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar