Erdo'g'an BAA prezidenti Al Nahayonni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad Bin Zayed Al Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

2114076

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Erdo'g'an suhbat avvalida, BAA prezidenti Al Nahayonni tug'ilgan kuni munosabati bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, do‘st BAA xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Yetakchilar shuningdek, bir-birlarini muborak Ramazon oyining kirib kelishi munosabati bilan tabriklab, ezgu-tilaklarini bildirgan.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan. Turkiya-BAA ko‘p qirrali hamkorligi rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Erdo'g’an Al Nahayonni ikki davlat o’rtasida tashkil etilgan Oliy Darajali Strategik Kengashning birinchi yig’ilishi munosabati bilan Turkiyaga taklif qildi.

Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #BAA , #Turkiya

Aloqador xabarlar