Vladimir Zelenskiy bugun Turkiyaga tashrif buyuradi
Zelenskiyning Turkiyaga tashrifi chog‘ida Ukraina-Rossiya urushi, Don yo‘lagi kelishuvi va mintaqada doimiy tinchlik o'rnatish masalalari muhokama qilinadi.
2112671
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun Turkiyaga tashrif buyuradi.
Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko'ra, Zelenskiyning Turkiyaga tashrifi chog‘ida Ukraina-Rossiya urushi, Don yo‘lagi kelishuvi va mintaqada doimiy tinchlik o'rnatish masalalari muhokama qilinadi.
Erdo'g'an va Zelenskiy shuningdek, Turkiya va Ukraina o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini ko'zdan kechiradi.