Erdo'g’an Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan muloqot qildi

Erdo'g’an Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan Turkiya-Pokiston munosabatlari, mintaqaviy va global mavzularni muhokama qildi.

2110345
Erdo'g’an Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan Turkiya-Pokiston munosabatlari, mintaqaviy va global mavzularni muhokama qildi.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Prezidentimiz janob Rajap Tayyip Erdo'g’an Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog'ida Turkiya-Pokiston munosabatlari, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi. Prezident Erdo'g’an Shahboz Sharifni qaytadan Bosh vazir etib saylangani bilan tabrikladi va Turkiya bilan Pokiston o’rtasidagi munosabatlarning kelgusi davrda yana ham chuqurlashishi va rivojlanishiga ishonganini bildirdi. Prezident Erdo'g’an Pokistondagi terror hujumlarini qoralab, Pokiston xalqiga hamdardlik bildirdi”,-deyiladi xabarda.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar