Erdo‘g‘an: Turkiya asri loyihasi orqali yana – da buyuk maqsadlar sari intildik

Prezident Erdo‘g‘an Antaliya shahar kasalxonasi va aloqa yo‘llari ochilish marosimida nutq so‘zladi.

2110136
Erdo‘g‘an: Turkiya asri loyihasi orqali yana – da buyuk maqsadlar sari intildik

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiya asri loyihasi orqali yana – da buyuk maqsadlar sari intilayotganliklarini ta’kidlab:

“Bundan keyingi maqsadimiz rivojlangan davlatlarga yetib olish emas, balki ularning eng oldingi qatoridan o‘z o‘rnimizni egallashdir”. – dedi.

Prezident Erdo‘g‘an Antaliya shahar kasalxonasi va aloqa yo‘llari ochilish marosimida nutq so‘zladi.

Erdo‘g‘an, shahar kasalxonalarini, Turkiyaning tibbiy sohada qo‘lga kiritgan yutuqlarining ramzi sifatida qabul qilganini ma’lum qildi.

“Yurtimizni asosiy to‘rtta tarmoqda rivojlantirishga va’da bergandik. Ular ta’lim, sog‘liqni saqlash, adolat va xavfsizlik sohasi”, - degan Erdo‘g‘an:

“Ushbu sohalarda amalga oshirilgan islohotlar tufayli biz tinch va xavfsiz mamlakatda umr surmoqdamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Shahar kasalxonalari tizimi Turkiyaga xos va yangi ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, fuqarolar avvallari tashxis va davolanish uchun xorijga murojaat qilgani, bugungi kunda esa Turkiyaning deyarli barcha sohalarda dunyoning yetakchi tibbiy markazlaridan biriga aylanganini bildirdi.

Prezident,

“Turkiya asri loyihasi orqali yana – da buyuk maqsadlar sari intildik. Bundan keyingi maqsadimiz rivojlangan davlatlarga yetib olish emas, balki ularning eng oldingi qatoridan o‘z o‘rnimizni egallashdir. Yoshlarimizga siyosiy, iqtisodiy va mudofaa sohasi doxil har tarmoqda faxrlanadigan yurt qoldirmoqchimiz. Buning uchun kechayu kunduz ishlayapmiz”. – deya gapirdi.



Aloqador xabarlar