Turkiya G20 davlatlarini G'azoda urushni to'xtatishda faol ro'l o'ynashga chaqirdi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida G20 tashqi ishlar vazirlari yig'ilishi o’z ishini boshladi.

2105714
Turkiya G20 davlatlarini G'azoda urushni to'xtatishda faol ro'l o'ynashga chaqirdi

 

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida G20 tashqi ishlar vazirlari yig'ilishi o’z ishini boshladi.

Yig'ilishda Ukrainadagi o'zgarishlar, Isroilning G'azoga hujumlari, global taranglik, iqlim o'zgarishiga qarshi kurash, qashshoqlikni kamaytirish va global boshqaruv mexanizmlarini isloh qilish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbirda ishtirok etayotgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishining birinchi yig'ilishida so'zlagan nutqida G'azodagi shafqatsizlikning imkon qadar tezroq to'xtatilishi kerakligini ta'kidlab, xalqaro hamjamiyat va G20 davlatlarini o't ochishni to'xtatish va ikki davlat yechimi uchun faolroq rol o'ynashga chaqirdi.

“Davom etayotgan xalqaro keskinlikda G20 ning roli” deb nomlangan sessiyada ma’ruza qilgan Hakan Fidan, Rossiya-Ukraina urushining ikkinchi yili ortda qolganini eslatib, Turkiya tomonlarning diplomatiyaga yuzlanib, muzokaralar yo'li bilan yechim topishiga umid qilayotganini va bu yo'nalishdagi tashabbuslarini davom ettirishini bildirdi.

Xalqaro hamjamiyat global tengsizlik va adolatsizlik, iqtisodiy inqirozlar, atrof-muhit muammolari va sun’iy intellekt kabi ilg‘or texnologiyalar keltirib chiqargan ko‘plab muammolar bilan yuzma-yuz kelayotganini tilga olgan Hakan Fidan, global diplomatiya va G20 ning barcha inqirozli hududlarda mushtarak tashabbuslar ishlab chiqish ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Noyabr oyida Rio-de-Janeyroda dunyoning 20 ta yirik iqtisodiyotini birlashtirgan G20 yetakchilari sammiti bo‘lib o‘tadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #G20 , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar