Turkiya va Somali o'rtasidagi harbiy hamkorlik tasdiqlandi

Somali vazirlar mahkamasi Turkiya bilan mudofaa sohasidagi hamkorlik bo'yicha imzolangan shartnomani tasdiqladi.

2105554
Turkiya va Somali o'rtasidagi harbiy hamkorlik tasdiqlandi

 

Somali vazirlar mahkamasi Turkiya bilan mudofaa sohasidagi hamkorlik bo'yicha imzolangan shartnomani tasdiqladi.

Bu haqda Somali Axborot vaziri Daud Aweis X ijtimoiy tarmog'i orqali ma'lum qildi.

"Somali Vazirlar mahkamasi NATO aʼzosi va Somalining yaqin ittifoqchisi boʻlgan Turkiya bilan imzolangan mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasini maʼqulladi. 10 yillik shartnoma Somali hukumatining oʻz suverenitetini himoya qilish borasidagi saʼy-harakatlarini sezilarli darajada kuchaytiradi",-deydi u.

U shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi kelishuvni juda muhim deb baholadi.

Eslatma: Shu yilning 8 fevral kuni Turkiya bilan Somali o’rtasida mudofaa va xavfsizlik masalalarini o’z ichiga olgan Mudofaa va Iqtisodiy Hamkorlik kelishuvi imzolangan edi.

Iqtisodiy va siyosiy muammolarni boshdan kechirgan Somalida terror tashkiloti "Ash-Shabab" yillardir xavfsizlik muammosini keltirib chiqarishda davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Somali , #Turkiya

Aloqador xabarlar