Turkiya G‘azoga tibbiy yordam yubordi

Isroil tomonidan G‘azo sektoriga qarshi 131 kundan beri davom etgan hujumlarda jon berganlar soni 28 ming 576 nafarga chiqdi.

2102354
Turkiya G‘azoga tibbiy yordam yubordi

G‘azoga yetkazib berish uchun Turkiyadan yo‘lga chiqqan va dori - darmon bilan tibbiy buyumlar yuklangan samolyot Misrning al – Arish shahridagi aeroportga yetib bordi.

Turkiyaning Kayseri viloyatida joylashgan aeroportda taxminan 1,5 tonna tibbiy ashyo yuklangan Harbiy - havo qo‘mondonligiga oid A – 400 rusumidagi samolyot, tayyorgarliklar ortidan al – Arish aeroportiga qarab yo‘l oldi.  

Taxminan 2 soatlik parvozdan so‘ng aeroportga qo‘ngan samolyotdan yordam ashyolari  tushirildi.

Samolyot poytaxt Anqaraga qaytar chog‘ida ko‘plab g‘azolik bemorlar bilan yosh bolalarni olib keladi.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #tibbiy yordam , #G‘azo , #Isroil , #hujum

Aloqador xabarlar