Erdo'g’an BAA prezidenti Al Nahayon bilan uchrashdi

Uchrashuv matbuotga yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tdi.

2101593
Erdo'g’an BAA prezidenti Al Nahayon bilan uchrashdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Birlashgan Arab Amirliklariga yetib bordi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Erdo'g'an tashrif doirasida mamlakat prezidenti Muhammad bin Zoid Al Nahayon bilan uchrashdi. Uchrashuv matbuotga yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tdi.

Erdo'g'an Dubayda “Kelajak hukumatlarini shakllantirish” mavzusida o’tkaziladigan Jahon hukumatlar sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etib, nutq so'zlaydi.

Prezident shuningdek, bir qator davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazishi rejalangan. 

Erdo'g'an Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifini yakunlab, ertaga 14 fevral kuni Misrga jo'nab ketadi.

Qohiraga tashrifi chog'ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va yuqori darajadagi hamkorlik mexanizmlarini jonlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Uchrashuvlar chog'ida dolzarb global va mintaqaviy muammolar, ayniqsa Isroilning G'azo va ishg'ol ostidagi Falastin hududiga hujumlarini to'xtatish haqida fikr almashiladi.


Tanlangan kalimalar: #BAA , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar