Turkiya Ozarbayjonda bo'lib o'tgan saylov natijalariga munosabat bildirdi

"Saylovlar butun Ozarbayjonda, jumladan, ishg‘oldan ozod qilingan hududlarda tinch o‘tganidan mamnunmiz”, — deyiladi bayonotda.

2099302
Turkiya Ozarbayjonda bo'lib o'tgan saylov natijalariga munosabat bildirdi

 

Turkiya hukumati Ozarbayjonda kecha bo'lib o'tgan prezidentlik saylovining butun Ozarbayjonda, jumladan, ishg'oldan ozod qilingan tuproqlarda tinch o'tganidan mamnunligini bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjonda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovi haqida yozma bayonot e'lon qildi.

Bayonotda saylovlarning qardosh Ozarbayjon uchun foydali bo'lishiga tilak bildirildi.

"Saylovlar butun Ozarbayjonda, jumladan, ishg‘oldan ozod qilingan hududlarda tinch o‘tganidan mamnunmiz”, — deyiladi bayonotda.

4 million 971 ming saylovchi ovoz bergan saylovda davomat 76,73 foizni tashkil etgan bo'lib, unda amaldagi Prezident Ilhom Aliyev 92,1 foiz ovoz bilan mutlaq g'alaba qozondi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar