Istanbuldagi Chag‘layan sud binosi oldida terakt sodir etildi

Qayd etilishicha, hujumni sodir qilgan ikki nafar shaxs voqea joyida polisiya tomonidan otib o‘ldirildi. Terroristlardan biri ayol ekani aniqlandi.

2098340
Istanbuldagi Chag‘layan sud binosi oldida terakt sodir etildi

 

Bugun, 6 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:46da Istanbuldagi Chag‘layan sud binosi oldidagi nazorat punktiga qurolli hujum sodir etildi.

Bu haqda Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, hujumni sodir qilgan ikki nafar shaxs voqea joyida polisiya tomonidan otib o‘ldirildi. Terroristlardan biri ayol ekani aniqlandi.

"Voqea joyida 5 kishi tan jarohati oldi. Ulardan 3 nafari politsiya xodimi. Teraktni to'xtatishga muvaffaq bo'lgan qahramon politsiyachilarimizni tabriklayman. Yaradorlarimizga tezroq shifo tilayman" ,- deydi Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya.

Hujum terakt sifatida baholanmoqda.

Voqea yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.


Tanlangan kalimalar: #terakt , #Istanbul

Aloqador xabarlar