Hakan Fidan Laos bosh vazir o’rinbosari bilan uchrashdi

Uchrashuv chog‘ida “Turkiya va Laos Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi” imzolandi.

2097992
Hakan Fidan Laos bosh vazir o’rinbosari bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Laos Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Saleumxay Kommasith bilan uchrashdi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qilindi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida “Turkiya va Laos Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi” imzolandi.

TIV rahbarlari shuningdek, Turkiya va Laos munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Laos Respublikasi Janubi-Sharqiy Osiyo Millatlar Uyushmasi ASEANning Muvaqqat prezidenti bo’lganligi sababli, ikki vazir uchrashuvida Turkiya va ASEAN o’rtasidagi hamkorlik masalalari ham ko'zdan kechirildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Laos , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar