Erdo‘g‘an yer silkinishida ziyon ko‘rgan shaharlarni qayta tiklash ishlariga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an, o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishidan ziyon ko‘rgan 11 viloyatdan biri bo‘lgan Gaziantep shahrida qurilgan shahar shifoxonasining ochilish marosimida ishtirok etib, unda nutq so‘zladi.

2097277
Erdo‘g‘an yer silkinishida ziyon ko‘rgan shaharlarni qayta tiklash ishlariga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, o‘tgan yilning 6 - fevrali kuni o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishidan ziyon ko‘rgan shaharlarning hammasini qayta tiklagunga qadar hormay – tolmay mehnat qilishlarini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an, o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishidan ziyon ko‘rgan 11 viloyatdan biri bo‘lgan Gaziantep shahrida qurilgan shahar shifoxonasining ochilish marosimida ishtirok etib, unda nutq so‘zladi.

Erdo‘g‘an, jami 1875 o‘rinli shifoxona ochilishi orqali sog‘liqni saqlash infratuzilmasiga yana bir muhim asar ilova etganliklarini qayd etdi.

Roppa – rosa 14 million insonga ziyon yetkazgan asr falokati ortidan bir yil o‘tgani, yaralarni davolash ishlari haqida bergan va’dalarni tezlik bilan bajarganliklari va shaharlarda yiqilgan binolar o‘rniga qurilgan turar – joylarning tez tamomlanayotganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, ular kaliti topshirilishini ifoda etdi.

Erdo‘g‘an shuningdek, yer silkinishidan ziyon ko‘rgan shaharlarni shahar markazidan qishloq joylarigacha har jihatdan qayta tiklagunga qadar hormay – tolmay mehnat qilishlarini o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar