Prezident Erdo‘g‘an Lamine Zeineni qabul qildi

Nigeriya Bosh vaziri, Iqtisodiyot va moliya vaziri Ali Mahamane Lamine Zeineni Turkiyada.

2096446
Prezident Erdo‘g‘an Lamine Zeineni qabul qildi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Nigeriya Bosh vaziri, Iqtisodiyot va moliya vaziri Ali Mahamane Lamine Zeineni qabul qildi.

Erdo‘g‘anning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Lamine Zeine, Prezidentlik kulliyasida tantanali marosim bilan kutib olindi.

Ikki davlat hay’atining tanishtirilishi ortidan Prezident Erdo‘g‘an Lamine Zeineni qabul qildi.

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bilan Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler ham ishtirok etgan va matbuotga yopiq tarzda bo‘lib o‘tgan mazkur qabuldan keyin Prezident Erdo‘g‘an bilan Bosh vazir Zeine ish ziyofatida uchrashdi.



Aloqador xabarlar