Turkiya G'azoda kafillik mexanizmini o'rnatmoqchi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Turkiya Isroil bilan tinchlik kelishuviga erishishda Falastin uchun kafil davlat sifatida harakat qilishga tayyorligini yana bir bor takrorladi.

2093179

Hakan Fidan bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Falastin masalasiga bag'ishlangan yig'ilishida so'zlagan nutqida so'z ochdi.

U shuningdek, G'azodagi gumanitar inqiroz jiddiy darajaga etganiga diqqat qaratib, zudlik bilan o't ochishni to'xtatish va mintaqaga insonparvarlik yordamlarining yetib borishi zarurligiga e'tibor qaratdi.

“G‘azoda davom etayotgan urush hech qachon tinchlik olibkelmaydi. Xalqaro hamjamiyat G’azo va G’arbiy Sohildagi qon to’kilishini to’xtatishga ojiz ekanini ta’kidlagan Hakan Fidan, “Ushbu urushni to’xtatish uchun tarixiy mas’uliyatga egamiz", dedi.

"Tinchlikni ta'minlovchi va nazorat qiluvchi kafil mexanizmini tashkil etish bo'yicha taklifimizni yana bir bor takrorlamoqchiman" dedi u.

G'azo sektorida 7 oktabrdan beri  davom etayotgan Isroil hujumlarida shu kungacha 25 mingdan ortiq inson halok bo'ldi.

Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Turkiya

Aloqador xabarlar