Italiya matbuoti Prezident Erdoʻgʻan bilan Giorgia Meloni uchrashuviga keng oʻrin ajratdi

Italiya matbuoti, Prezident Erdoʻgʻanning Giorgia Melonini Istanbulda qabul qilgani haqidagi xabarga keng oʻrin ajratdi.

2091965
Italiya matbuoti Prezident Erdoʻgʻan bilan Giorgia Meloni uchrashuviga keng oʻrin ajratdi

Italiya matbuoti, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning Italiya Bosh vaziri Giorgia Melonini Istanbulda qabul qilgani haqidagi xabarga keng oʻrin ajratdi.

Hatto «La Stampa» gazetasi mazkur xabarga gazetaning birinchi sahifasida e’tibor qaratdi.

Ikki muhim NATO ittifoqchisi oʻrtasidagi uchrashuvda Yaqin Sharqdagi taranglik, Liviyadagi oxirgi vaziyatlar va Rossiya - Ukraina urushi qoʻlga olingani qayd etildi.

Xabarda shuningdek Prezident Erdoʻgʻanning diplomatiyadagi faol roliga e’tibor qaratilib, don yoʻlagi kelishuvidagi asosiy roli va vositachilikdagi muvaffaqiyati ta’kidlandi.

«II Messaggero» gazetasi esa, “Bosh vazir Istanbulda: Aloqalar mustahkam tus olmoqda”, - degan sarlavhasi bilan ma’lumot boʻlishdi.

Unda ikki davlat oʻrtasidagi tijoriy hamkorlik, Isroilning hujumlari va Rossiya - Ukraina urushi qoʻlga olingani ifoda etildi.

Oʻzaro savdo hajmini 2030 - yilgacha 25 million yevrodan 30 milliard yevroga oshirish maqsad qilingani bildirildi.

Italiya Bosh vaziri Meloni, Prezident Erdoʻgʻanga don yoʻlagi kelishuvidagi roli uchun yana bir bor minnatdorchilik bildirgani ta’kidlandi.

«Corriere della Sera» gazetasi ham, “Italiya G - 7 raisligi paytida birinchi rasmiy tashrifini doʻst oʻlkalardan biri Turkiyaga uyushtirdi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Xabarda ikki davlat oʻrtasidagi savdo hajmiga e’tibor qaratilib, Turkiya bilan Italiyaning hamkorlikni davom ettirish niyatida ekani bildirildi.

Italiya Bosh vaziri Melonining, Rossiya - Ukraina urushidagi diplomatik roli uchun Erdoʻgʻanga minnatdorchilik bildirgani haqidagi xabar ham mazkur gazetada keng yoritildi.



Aloqador xabarlar