Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi

"Hozircha uchrashuv sanasi va joyi haqida hech narsa ma’lum emas. Biroq allaqachon kun tartibi tuzilgan hamda bu boradagi diplomatik ishlar olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.

2086638
Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda Turkiya yetakchisi ma’muriyati ma’lum qildi.

"Hozircha uchrashuv sanasi va joyi haqida hech narsa ma’lum emas. Biroq allaqachon kun tartibi tuzilgan hamda bu boradagi diplomatik ishlar olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Rossiyalik siyosatchi Dmitriy Juravlev muzokaralar chog‘ida ikki davlat rahbarlari qanday mavzularga to‘xtalishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, Putin va Erdo‘g‘an asosan tashqi siyosiy masalalarni muhokama qiladi.

“Gaplashadigan gaplar yig‘ilib qolgan. Misol uchun, Janubiy Kavkazdagi vaziyat yoki don kelishuvi asosiy mavzu bo‘lishi mumkin”, degan u.

Uning fikricha, Turkiya don kelishuvini yolg‘iz amalga oshirolmaydi va boshqa davlatlar bilan muzokara olib borishi kerak. 

Shuningdek, Rossiya va Turkiya yetakchilari Yaqin Sharq, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaro, Qora dengiz bo‘g‘ozlari bilan bog‘liq masalalarga ham to‘xtaladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 5 yanvar kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqara vositachilik rolini o‘z zimmasiga olishga va Ukrainadagi qurolli mojaroga barham berish uchun tinchlik muzokaralarini olib borishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Eslatma: 2023 yilning avgust oyidagi telefon suhbati davomida Erdo‘g‘an Putinga Anqara don kelishuvini qayta boshlash uchun jadal harakatlarni davom ettirishini aytgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Turkiya , #Vladimir Putin , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar