Ayvalik Sohil Xavfsizlik xodimlari chorasiz qolgan muhojirlarni qutqardi

Ayvalik tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada puflangan qayiq ichida chorasiz qolgan muhojirlar qutqarildi.

2083038
Ayvalik Sohil Xavfsizlik xodimlari chorasiz qolgan muhojirlarni qutqardi

Turkiyaning Balikesir viloyatining Ayvalik tumani qirg‘oqlaridan noqonuniy yo‘llar orqali Lesbos oroliga borishga harakat qilgan va yunonlar tomonidan Turkiya hududiy suvlariga qaytarib yuborilgan 55 nafar noqonuniy muhojir qutqarildi.

Ayvalik tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada puflangan qayiq ichida muhojirlar borligi haqida ma’lumot olgan Sohil Xavfsizlik xodimlari ularni qutqarish uchun chora ko‘ra boshladi.

Sohil Xavfsizlik xizmati qayig‘i orqali mintaqaga yetib borgan guruh, yunon unsurlari tomonidan ortga qaytarilgan 55 nafar muhojirni qutqardi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bor edi.

Junda orolidagi Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligiga olib borilgan muhojirlar oziq - ovqat, ichimlik va dori - darmon kabi insonparvarlik yordamlari bilan ta’minlangach viloyatdagi muhojirlar boshqarmasiga yuborildi.



Aloqador xabarlar