Prezident Erdo‘g‘an turk askarlarini yangi yil bilan tabrikladi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an turk askarlarini yangi yil bilan tabrikladi.

2082649
Prezident Erdo‘g‘an turk askarlarini yangi yil bilan tabrikladi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an turk askarlarini yangi yil bilan tabrikladi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Prezident Erdo‘g‘an, Kilisga tashrif uyushtirgan Milliy Mudofaaa vaziri Yashar Guler bilan bo‘lgan telefon muloqoti orqali mazkur viloyatda xizmat qilgan turk askarlarini yangi yil bilan tabrikladi.

“Suriya chegaralaridagi bu kurashda erishilgan natijalar, hududda qahramonlardek olib borilgan kurash har doim biz uchun xavfsizlik ichida ekanimizdan dalolat beradi”. – degan Erdo‘g‘an shahidlarga Olloxdan rahmat, g‘oziylarga shifo tiladi.

Prezident Erdo‘g‘an shuningdek:

“2023 - yilni qanday ortda qoldirganimiz yoki ortda qoldirayotganimizni tushuntirishga hojat yo‘qdir. Ammo umid qilamanki keyingi davrda qahramonlarimiz bilan xavfsizlik ichidamiz. Yo‘limizni Xudo xohlasa xuddi shunday davom etamiz. Hamma harbiylarimizni ko‘zlaridan o‘pib, 2024 – yilning yaxshiliklar yili bo‘lishini tilayman. Sizlarga salom, mehr – muhabbat va hurmatim bilan” – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar