Bugun Istanbulda Falastinni qo‘llab-quvvatlagan yirik namoyish uyushtirildi

Istanbul, bugun o‘z tarixidagi eng yirik namoyishlardan biriga guvoh bo‘ldi.

2082804
Bugun Istanbulda Falastinni qo‘llab-quvvatlagan yirik namoyish uyushtirildi
istanbul filistin'e destek yuruyusu.jpg
istanbul filistin'e destek yuruyusu3.jpg
istanbul filistin'e destek yuruyusu2.jpg
istanbul filistin'e destek yuruyusu1.jpg

Istanbul, yangi yilning birinchi kuni o‘z tarixidagi eng yirik namoyishlardan biriga guvoh bo‘ldi.

«Shahidlarimizga rahmat tilaymiz, Falastinni qo‘llab – quvvatlaymiz, Isroilni esa la’natlaymiz», - degan shiorlar bilan yuz minglagan kishi Galata ko‘prigidagi namoyishda ishtirok etdi.

Roppa – rosa 308 ta nodavlat notijorat tashkilot tomonidan uyushtirilgan namoyish orqali ham PKK terrorizmi ham da Isroil zulmi qoralandi.

Mazkur namoyish bugun, 1 – yanvar kuni bomdod namozidan keyin boshladi. Uning avvalida Ayaso‘fiya, Sultonahmet, Sulaymoniya va Taksim jome’ masjidlari bilan Emino‘nu yangi jome’ masjidida PKK tomonidan shahid qilingan askarlar bilan Isroil hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar uchun duo qilindi. Ortidan nomi tilga olingan manzillardan Galata ko‘prigi tomon yo‘l olindi.

Qo‘llarida Turk va Falastin bayroqlarini ko‘targan ishtirokchilar «Shahidlar o‘lmaydi, vatan bo‘linmaydi», «Hamkorlik qilgan xoinlar ham, qotil Isroil ham javob beradi», «Qotil Isroil, Falastindan ket», «Al - Aqsoga jonimiz fido bo‘lsin», «Xamasga salom yo‘llaymiz, qarshilik ko‘rsatishni davom ettiring», - degan shiorlar aytildi.

Turk, arab va ingliz tillarida yozilgan lavhalarni ko‘targan guruhni, Galata ko‘prigi atrofida 200 ga yaqin baliqchi qayig‘ining ham qo‘llab - quvvatlagani ma’lum qilindi.

Namoyishda Yoshlik va sport vaziri O‘sman Ashkin Bak, Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja, Turkiya Buyuk Millat Majlisi sobiq raisi Mustafa Shento‘p, Adolat va taraqqiyot (AK) partiyasining Kayseri deputati Hulusi Akar, AK partiya Mersin deputati Nureddin Nebati, AK partiya Istanbul deputati Sulaymon So‘ylu va boshqa rasmiylar ham ishtirok etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #Falastin , #namoyish

Aloqador xabarlar