Erdo‘g‘an: Terrorning kamayishi Iroq va Suriyada olib borilgan amaliyotlar bilan bog‘liqdir

Prezidentlik kulliyasi Ko‘rgazma zalida bo‘lib o‘tgan “Mahalla raislari yig‘ilishi”da nutq so‘zlagan Erdo‘g‘an o‘z so‘zida terrorga qarshi kurashga to‘xtaldi.

2081876
Erdo‘g‘an: Terrorning kamayishi Iroq va Suriyada olib borilgan amaliyotlar bilan bog‘liqdir

Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘anning qayd etishicha, bugungi kunga kelib Turkiya chegarasidagi terror sonining kamayishi Iroq va Suriyada olib borilgan amaliyotlar bilan bog‘liqdir.

Prezidentlik kulliyasi Ko‘rgazma zalida bo‘lib o‘tgan “Mahalla raislari yig‘ilishi”da nutq so‘zlagan Erdo‘g‘an o‘z so‘zida terrorga qarshi kurashga to‘xtaldi.

“Hududiy yaxlitligimiz va davlatimizning unitar tuzilishini himoya qilish, milliy birlik va hamjihatligimizni asrab - avaylash, yagona millat, yagona bayroq, yagona Vatan, yagona davlat tamoyilini har qanday sharoitda kuzatish bizning burchimizdir”. – degan Prezident, ularga ziyon yetkazilishiga aslo yo‘l qo‘ymasliklarini ta’kidladi.

Prezident, chegaradan tashqaridagi terroristlarning o‘z bazalari bilan g‘orlarida yo‘q qilinganini ifoda etib:

“Bugungi kunga kelib Turkiya chegarasidagi terror sonining kamayishi Iroq va Suriyada olib borilgan amaliyotlar bilan bog‘liqdir”. – dedi.

O‘tgan haftada alohida – alohida qayd etilgan ikkita amaliyotda 12 nafar askarning shahid bo‘lganini yodga solgan Erdo‘g‘an:

“Shahidlarimiz qonini aslo yerda qoldirmadik, qoldirmaymiz ham. 22 – dekabrdan beri ijro etilgan amaliyotlarda 59 nafar terrorist yo‘q qilindi. Milliy Razvedka tashkilotimiz, Suriya shimolidagi terror infratuzilmasi va yetakchilariga qarshi muvaffaqiyatli amaliyotlar olib bormoqdalar. Shu doirada terror tashkiloti uchun muhim ahamiyatga ega 70 ta obyektga zarba berildi”.- deya gapirdi.

Amaliyotlar, oxirgi terrorist ham mamlakat ham da xalq uchun xavf tug‘dirish unsuri bo‘lishdan chiqqunga qadar qarorlilik bilan davom etishini bildirgan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, bahorda yangi baza hududlari infrtuzilmasini tamomlab, terroristlarni takror bu hududlarga kelmay turgan darajada yo‘q qilishlarini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar