Prezident Erdoʻgʻan Vengriyaga joʻnab ketdi

Prezident Erdoʻgʻan, rasmiy tashrif bilan Vengriyaga joʻnab ketdi.

2077852
Prezident Erdoʻgʻan Vengriyaga joʻnab ketdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Viktor Orbanning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Vengriyaga joʻnab ketdi.

Prezident Erdoʻgʻan Turkiya vaqti bilan soat 12:00 da «TUR» samolyoti orqali Istanbuldagi «Atatürk» aeroportidan Vengriya poytaxti Budapeshtga yoʻl oldi.

Erdo‘g‘anning Vengriyaga bo‘lgan tashrifi, ikki davlat o‘rtasida Birinchi Jahon urushidan keyin uzilgan diplomatik aloqalarni qayta tiklash maqsadida imzolangan «Do‘stlik shartnomasi»ning 100 - yilligiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tashrif chog‘ida ikki tomonlama siyosiy, diplomatik va iqtisodiy munosabatlarning baholanishi kutilmoqda.

Erdo‘g‘an, Vengriya Prezidenti Katalin Novak va Bosh vazir Viktor Orban bilan uchrashadi.

Unda Turkiyaning Yevropa ittifoqi bilan bo‘lgan munosabatlari, G‘azodagi oxirgi vaziyatlar, Turkiya - Vengriya iqtisodiy va siyosiy aloqalarning muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda. Shu doirada, Oliy darajali strategik kengash yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi.

Iqtisodiyot, savdo, mudofaa sanoati, energetika va madaniyat sohalariga e’tibor qaratiladigan tashrif davomida, ikki davlat o‘rtasida 16 ta hujjat imzolanishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar