Prezident Erdoʻgʻan rasmiy tashrif bilan Budapeshtda

Prezident Erdoʻgʻan rasmiy tashrif bilan Vengriya poyaxti Budapeshtda.

2077914
Prezident Erdoʻgʻan rasmiy tashrif bilan Budapeshtda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Budapeshtda.

Prezident Erdo‘g‘anni Budapeshtdagi «Ferenc Liszt» xalqaro aeroportida Vengriya Tashqi Ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Szijjarto, Vengriyaning Anqaradagi elchisi Viktor Matis, Vengriya Tashqi Ishlar vazirligi Protokol Bosh direktori Anett Varga, Turkiyaning Budapeshtdagi elchisi Gulshen Karanis Ekshio‘g‘lu bilan uning turmush o‘rtog‘i Ekrem Ekshio‘g‘lu kutib oldi.

Erdo‘g‘anning Vengriyaga bo‘lgan tashrifi, ikki davlat o‘rtasida Birinchi Jahon urushidan keyin uzilgan diplomatik aloqalarni qayta tiklash maqsadida imzolangan «Do‘stlik shartnomasi»ning 100 - yilligiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tashrif chog‘ida ikki tomonlama siyosiy, diplomatik va iqtisodiy munosabatlarning baholanishi kutilmoqda.

Erdo‘g‘an, Vengriya Prezidenti Katalin Novak va Bosh vazir Viktor Orban bilan uchrashadi.

Unda Turkiyaning Yevropa ittifoqi bilan bo‘lgan munosabatlari, G‘azodagi oxirgi vaziyatlar, Turkiya - Vengriya iqtisodiy va siyosiy aloqalarning muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda. Shu doirada, Oliy darajali strategik kengash yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi.

Iqtisodiyot, savdo, mudofaa sanoati, energetika va madaniyat sohalariga e’tibor qaratiladigan tashrif davomida, ikki davlat o‘rtasida 16 ta hujjat imzolanishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar