Hakan Fidan bugun Amerika Qo'shma Shtatlariga safar qiladi

IHT va Arab Ligasi mamlakatlari AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashib, Isroilning G'azoga hujumlarini to'xtatish uchun to'liq va shartsiz o't ochishni to'xtatishga hissa qo’shishni so'raydi.

2074198
Hakan Fidan bugun Amerika Qo'shma Shtatlariga safar qiladi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan G'azodagi urushni to'xtatish va doimiy tinchlikni ta'minlash bo'yicha muzokaralar o'tkazish uchun bugun AQSh poytaxti Vashingtonga jo’nab ketadi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, 11 noyabr kuni Islom hamkorlik tashkiloti va Arab ligasining navbatdan tashqari qo‘shma sammitida Turkiya, Falastin, Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Misr, Iordaniya, Qatar va Nigeriya kabi davlatlar tashqi ishlar vazirlari tomonidan tuzilgan Aloqa guruhiga G‘azodagi urushni to‘xtatish va doimiy tinchlikni ta’minlash bo‘yicha xalqaro tashabbuslar bilan chiqish vazifasi yuklangani eslatildi.

Ushbu davlatlarning tashqi ishlar vazirlari AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashib, Isroilning G'azoga hujumlarini to'xtatish uchun to'liq va shartsiz o't ochishni to'xtatishga hissa qo’shishni so'raydi.

Ular tahlil markazlari vakillari va OAV bilan uchrashuvlar o'tkazgandan so'ng, ertaga Kanadaga tashrif buyurib, mamlakat tashqi ishlar vaziri Melani Joli bilan uchrashadi.

IHT va Arab Ligasi mushtarak irodaga ega bo’lib, bir ovozdan masalaga yechim talab qilishi global miqyosda katta ahamiyat kasb etadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar