Prezident Erdo‘g‘an bugun Gretsiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi

Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya - Gretsiya Oliy darajali hamkorlik kengashining beshinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

2073526
Prezident Erdo‘g‘an bugun Gretsiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning taklifiga binoan Turkiya - Gretsiya Oliy darajali hamkorlik kengashining beshinchi yig‘ilishi munosabati bilan bugun Gretsiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Prezident Erdo‘g‘an bilan Gretsiya Bosh vaziri Mitsotakis rahbarligida, tegishli vazirlar ishtirokida poytaxt Afinada bo‘lib o‘tadigan kengash yig‘ilishida Turkiya - Gretsiya munosabatlari har jihatdan ko‘rib chiqiladi. Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning barcha yo‘nalishlari va imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va global voqealar yuzasidan fikr almashilishi ham kutilmoqda.

Tashrif doirasida shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy infratuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan turli shartnoma va memorandumlar imzolanishi ham rejalashtirilgan.

 

 



Aloqador xabarlar