Turkiya Isroil-Falastin mojarosida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 1 dekabr kuni Dubayda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (COP 28) ishtirokchilarining 28-konferensiyasida ma’lum qildi.

2072001
Turkiya Isroil-Falastin mojarosida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor

 

Turkiya G‘azo sektoridagi mojaroni hal qilish uchun har qanday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 1 dekabr kuni Dubayda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (COP 28) ishtirokchilarining 28-konferensiyasida ma’lum qildi.

“Turkiya kelishuv jarayonida har qanday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor”, degan Prezident.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Isroil tomonidan G‘azoda sodir etilgan zo‘ravonlik insoniyatga qarshi jinoyat ekanini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, aybdorlar xalqaro huquq me’yorlari asosida javobgarlikka tortilishi kerak.

Bundan tashqari, u G‘azo sektoridagi voqealar poytaxti Sharqiy Quddus bilan 1967 yilgi chegaralar asosida izchil va mustaqil Falastin davlatini yaratish zarurligini ko‘rsatganini qo‘shimcha qildi.

“Biz Turkiya sifatida uning yaratilishi bo‘yicha har qanday mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishga tayyormiz”, deya xulosa qilgan Erdo‘g‘an.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Falastin , #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar