MXK: Isroil G‘azoda sodir etgan jinoyatlarining oqibatlari bilan ertami - kech yuzlashadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an raisligida Prezidentlik kulliyasida bo‘lib o‘tgan MXK yig‘ilishi ortidan deklaratsiya e’lon qilindi.

2070827
MXK: Isroil G‘azoda sodir etgan jinoyatlarining oqibatlari bilan ertami - kech yuzlashadi

Milliy Xavfsizlik kengashi (MXK) Isroil, G‘azoda sodir etgan va tarix sahifalarida qora dog‘ sifatida qayd etilgan g‘ayriinsoniy jinoyatlarining oqibatlari bilan ertami - kech yuzlashishini bildirdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an raisligida Prezidentlik kulliyasida bo‘lib o‘tgan MXK yig‘ilishi ortidan deklaratsiya e’lon qilindi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda PKK/KJK - PYD/YPG, FETO va DEASh terror tashkilotlari bosh bo‘lish bilan birga milliy birlik va birdamlikka xavf tug‘idirgan har qanday unsurga qarshi mamlakatda va xorijda qat’iy qaror bilan ijro etilgan amaliyotlar haqida kengashga ma’lumot berilgani qayd etildi.

Isroilning G‘azo sektorida 7 - oktabrdan beri taxminan 16 ming falastinlik umriga zomin bo‘lganiga ham e’tibor qaratilgan deklaratsiyada:

“Isroil, G‘azoda sodir etgan va tarix sahifalarida qora dog‘ sifatida qayd etilgan g‘ayriinsoniy jinoyatlarining oqibatlari bilan ertami - kech yuzlashishi ifoda etildi; begunoh tinch aholini butunlay yo‘q qilish va G‘azo tuproqlarini bosib olishni ko‘zlagan hujumlarning zudlik bilan to‘xtatilishi xalqaro hamjamiyatning mushtarak mas’uliyati ekani va bu xususda Turkiya har qanday tashabbusni davom ettirishi ta’kidlandi. Isroil yetakchiligi bilan qatliomni qo‘llab – quvvatlaganlarga; bu dahshatli harakatlarga zudlik bilan chek qoʻyilmagudek bo‘lsa unda uning ta’siri avloddan - avlodga davom etishi, eng yomoni mintaqadan tashqarida ham kuzatiluvchi zo‘rovonlikka yo‘l ochihi mumkinligi va butunlay tinchlik o‘rnashi uchun 1967 – yildagi chegara asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil va hududiy yaxlitligi mustahkam Falastin davlatining qurilishi muhim ekani yodga solindi”. – deyildi.  

Bayonotga ko‘ra yig‘ilishda Iroq bilan hamkorlik, Kerkukdagi oxirgi vaziyatlar bilan turkman birodarlarning ahvoli, Ozarbayjon - Armaniston muzokaralarining doimiy tinchlik bitimi bilan yakunlanishi, Rossiya - Ukraina urushining mintaqa va jahon siyosatiga ta’siri ham muhokama qilingan.



Aloqador xabarlar