Hakan Fidan:"Turkiya Falastinni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechmaydi"

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Istanbulda bo‘lib o‘tgan Strategik kommunikatsiyalar sammitida aytib o‘tdi.

2069096
Hakan Fidan:"Turkiya Falastinni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechmaydi"

 

G‘arb davlatlari G‘azo sektorida harbiy jinoyatlar sodir etayotgan Isroildan uzoqlashishi kerak. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Istanbulda bo‘lib o‘tgan Strategik kommunikatsiyalar sammitida aytib o‘tdi.

"G‘arb hukumatlarining G‘azoda sodir etilayotgan jinoyatlar qarshisida jim turishi va hatto o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishga ham qodir emasligi ma’naviy va siyosiy muvaffaqiyatsizlikning namoyonidir. Bu holat xalqaro huquqqa bo‘lgan ishonchni butunlay yo‘qotish xavfini tug‘diradi. G‘arb dunyosi Isroil tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlardan uzoqlashish vaqti keldi. Isroilni har qanday qo‘llab-quvvatlash, xoh shartli, xoh so‘zsiz, falastinliklarning yangi o‘ldirilishi uchun kart-blanshdir (to‘liq erkinlik)”, deydi Turkiya TIV rahbari.

Fidan Falastin muammosining yagona yechimi poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan erkin Falastin davlatining mavjudligini tan olish ekanini yana bir bor ta’kidlagan. 

"Turkiya ikki yo‘nalishda sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Birinchisi, o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish va mintaqaga insonparvarlik yordamini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash, ikkinchisi, muammoni ikki davlat mavjudligi tamoyili asosida hal qilish. Biz faol diplomatiyani davom ettirmoqdamiz va Falastinni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechmaymiz”, deydi Turkiya Tashqi ishlar vaziri.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar