Turkiya Gʻazo sektoridagi otashkesimni ijobiy tusda baholadi

Isroil hukumati, Gʻazo sektoridagi Xamas harakati bilan mahbuslar almashinuvi va toʻrt kun davom etuvchi vaqtinchalik otashkesim haqida qaror qabul qilganini e’lon qildi.

2067815
Turkiya Gʻazo sektoridagi otashkesimni ijobiy tusda baholadi

Turkiya, Gʻazo sektoridagi otashkesimni ijobiy tusda baholadi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroil kuchlari tomonidan olti haftadan beri davom etayotgan hujumlarning toʻrt kunligiga toʻxtatilishi Turkiya jihatidan ijobiy tusda baholangani qayd etildi.

Bayonotda, asirga olinganlarning bir qismining ozod etilishi va Gʻazoga olib kirilishiga ruxsat berilgan insonparvarlik yordamlari miqdorining orttirilishini ham oʻz ichiga olgan kelishuvga toʻliq amal qilinishi kutilayotgani ta’kidlandi.

Bayonotda mavzu haqida:

“Ushbu otashkesim urushning butunlay tugashiga yordam berishi va muammoni ikki davlat asosida hal qilish asosida adolatli jarayonni boshlatishini tilab, Qatarning bu kelishuvga qoʻshgan hissasini xursandchilik bilan qarshi olamiz”. – deyildi.

Isroil hukumati, Gʻazo sektoridagi Xamas harakati bilan mahbuslar almashinuvi va toʻrt kun davom etuvchi vaqtinchalik otashkesim haqida qaror qabul qilganini e’lon qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Gʻazo sektori , #Isroil hukumati

Aloqador xabarlar