Turkiya Falastinni qo‘llab – quvvatlashni davom etadi

Prezident Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Turkiyaning Falastin masalasiga bo‘lgan yondashuvi haqida bir post qoldirdi.

2066012
Turkiya Falastinni qo‘llab – quvvatlashni davom etadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning qayd etishicha, Turkiya Falastinning adolatli da’vosini to‘liq qo‘llab –quvvatlab, g‘azolik birodarlarining ovozini eshittirmoqda.

Prezident Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Turkiyaning Falastin masalasiga bo‘lgan yondashuvi haqida bir post qoldirdi.

Erdo‘g‘an unda, “Turkiya Falastinning adolatli da’vosini to‘liq qo‘llab – quvvatlab, g‘azolik birodarlarining ovozini eshittirmoqda. Biz tarixiy mas’uliyatimizni bilamiz va shunga munosib qadam tashlamoqdamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Niyatlari xolis boʻlgani uchun ilgari surgan tezislarning to‘g‘riligiga bo‘lgan e’tiborning ham ana shu darajada ortib borayotganini taʼkidlagan Prezident Erdoʻgʻan, soʻzlarini:

“Islom Hamkorlik Tashkiloti va Arab ligasining qoʻshma sammitida bu obroʻ - eʼtiborning natijalarini koʻrdik. Sammitning yakuniy deklaratsiyasini bizning taklif va tezislarimiz shakllantirdi. Bu juda muhim degan fikrdaman. Bundan buyon har qanday mavzuda Turkiyaning nima deganiga butun dunyo e’tibor bermoqda. Biz ham xalqimizdan olgan kuch bilan Turkiyaning obroʻsiga munosib qadam tashlamoqdamiz. Ovozimizning baland bo‘lishining eng asosiy sababi – ortimizda turgan xalqimizning ishonchi va cheksiz qo‘llab-quvvatlashidir”. – deya yakunladi.

Prezident Erdoʻgʻan shuningdek, “Biz bu xalqqa tik turamiz deb va’da berdik. Bu yurt va uning birodarlari obro‘si va sha’nini aslo yerga tashlamaymiz. Har joyda eng kuchli ravishda mudofaa qilamiz, mudofaa qilishni ham davom etamiz”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar