Erdo‘g‘an Qozog'iston poytaxti Ostona shahriga yetib keldi

Davlat rahbarini Ostona aeroportida Bosh vazir Alixon Smoilov, Turkiyaning Ostonadagi elchisi Mustafo Kapuja, Qozog‘istonning Anqaradagi elchisi Erkebulan Sapiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

2059616
Erdo‘g‘an Qozog'iston poytaxti Ostona shahriga yetib keldi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Turkiy Davlatlar Tashkilotining 10-sammitida ishtirok etish uchun bugun, 2 noyabr kuni Ostona shahriga yetib keldi. 

Erdo'g'anning “TC-TUR” xususiy samolyoti Nursulton Nazarboyev xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. 

Davlat rahbarini Ostona aeroportida Bosh vazir Alixon Smoilov, Turkiyaning Ostonadagi elchisi Mustafo Kapuja, Qozog‘istonning Anqaradagi elchisi Erkebulan Sapiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. 

Davlat rahbariga Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayroqdor, Savdo vaziri Umar Bolat, TDT Oqsoqollar kengashi rahbari Binali Yildirim, Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Qalin, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Aloqa boshqarmasi Faxriddin Altun hamrohlik qilmoqda.

Erdo‘g‘an Ostonada “Turkiy davr” mavzusida o‘tkaziladigan sammitda ishtirok etadi. 

Sammitda TDTga raislik O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tadi. Davlat rahbarlari Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qiladi, dolzarb global va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadi.

Sammitda Ozarbayjon, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Prezidentlari – Ilhom Aliyev, Sadir Japarov va Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, TDT kuzatuvchilari davlat/hukumat rahbarlari hamda TDT Bosh kotibi ishtirok etishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Ostona , #Turkiya

Aloqador xabarlar