Prezident Erdo‘g‘an Anitqabr yodgorlik majmuasini ziyorat qildi

Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 - yilligi butun mamlakat bo‘ylab maxsus tadbirlar bilan nishonlanmoqda.

2057332
Prezident Erdo‘g‘an Anitqabr yodgorlik majmuasini ziyorat qildi
erdogan 29 ekim.jpg

Bugun 29 - oktabr Respublika kuni.

Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 - yilligi butun mamlakat bo‘ylab maxsus tadbirlar bilan nishonlanmoqda.

29 - oktabr Respublika bayramining muhim ikki markazidan biri poytaxt Anqara, ikkinchisi esa Istanbul bo‘ladi.

Avvalom bor Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an davlat rasmiylari bilan Turkiya Respublikasining asoschisi, turk xalqining atoqli farzandi, buyuk davlat arbobi Mustafa Kemal Ataturk qabri joylashgan Anitqabr yorgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Prezident Erdo‘g‘anning ustida oy – yulduz bilan bezalgan gulchambarni Ataturk yodgorlik majmuasiga qo‘yishi ortidan, bir daqiqalik sukut saqlanib, Davlat madhiyasi yangradi.

Keyin esa Erdo‘g‘an va hamrohligidagi rasmiylar, majmuaning maxsus kitobiga dastxat qoldirdi va unda:

“Turkiyani tarixining eng yirik sarmoyaviy hamlalari bilan birlashtirgan ma’muriyat sifatida, ittifoqdoshlarimiz va xalqimiz bilan birga Respublikamizning ikkinchi asrini Turkiya asri bilan bezashda qarorimiz qat’iydir”. – deb yozib qoldirdi.

Ortidan, Anitqabr yodgorlik majmuasi xalq ziyoratiga ochildi. 

Prezident Erdo‘g‘an, Anitqabrdagi marosimdan ortidan Prezidentlik kulliyasida tabriklarni qabul qildi.

Bugun Respublika e’lon qilingan birinchi parlamentda tantanali marosim uyushtirildi. Bu yerda Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush nutq so‘zladi.

Numan Kurtulmush o‘z nutqida:

“Yana ko‘p asrlarga erishish tilagi va ishonchi bilan yelkama – yelka mehnat qilishni davom etamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi oldidan Ulus tomon “Respublikamizning 100 - yilligi” paradi o‘tdi. SOLOTURK Anitqabr ustida parvoz qildi.

Istanbul bo‘g‘ozida ham Harbiy - dengiz kuchlari tarixidagi eng yirik parad o‘tdi. Unda, 100 ta kema ishtirok etadi.

Kemalarga, Turk Yulduzlari bilan SOLOTURK kabi 20 ta harbiy samolyot ham hamrohlik qildi.

Paradda ishtirok etuvchi Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya vaqti bilan soat 19:23 da xalqqa murojaat qiladi.

15 - iyul shahidlar ko‘prigida 2023 ta dron orqali namoyish uyushtiriladi. Bosfor boʻgʻozi yoritilib, salyutlarga sahna boʻladi.

Bayram SOLOTURK va Turk Yulduzlarining parvozlari, ko‘plab tadbirlar va kontsertlar hamrohligida eng yuqori darajada nishonlanadi.



Aloqador xabarlar