Fidan BAA Prezidenti al – Nahayon tomonidan qabul qilindi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bugun Qatarga amaliy tashrif uyushtiradi.

2055468
Fidan BAA Prezidenti al – Nahayon tomonidan qabul qilindi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Abu - Dabida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Prezidenti Muhammad bin Zoid al - Nahayon tomonidan qabul qilindi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali berilgan bayonotda, amaliy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga borgan Fidanning, poytaxt Abu – Dabida Prezident al-Nahayon bilan uchrashganini ma’lum qildi.

Fidan Abu Dabiga bo‘lgan tashrifi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi Ishlar vaziri Shayx Abdulloh bin Zoid al - Nahayon bilan ham uchrashdi.

Shuningdek, diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Hakan Fidan Vengriya Tashqi Ishlar va tashqi savdo vaziri Pyotr Siyarto bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog‘ida dunyo kun tartibidagi muhim voqealar qo‘lga olindi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra, Hakan Fidan amaliy tashrif bilan bugun Qatarga boradi.

Hakan Fidan Dohada Qatar Bosh vaziri va Tashqi Ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurrahmon bilan uchrashib, Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al - Soniy tomonidan ham qabul qilinadi.

Uchrashuvlarda yaqinda Dohada uyushtirilishi rejalashtirilayotgan Turkiya - Qatar Oliy Strategik qo‘mitasining to‘qqizinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlar, ayniqsa Falastindagi oxirgi vaziyat ustidan ham fikr almashiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #BAA , #Qatar

Aloqador xabarlar