Hakan Fidan Iroq va Eron TIV rahbarlari bilan uchrashdi

Saudiya Arabistoni poytaxti Jidda shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda Isroil-Falastin mojarolari muhokama qilindi.

2053150
Hakan Fidan Iroq va Eron TIV rahbarlari bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn va Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Emir Abdullahiyon bilan uchrashdi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, Hakan Fidan poytaxt Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkilotining ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etdi. Tashrif doirasida Iroq va Eron TIV rahbarlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotga ko'ra, Hakan Fidan Argentina tashqi ishlar vaziri Santiago Kafiero bilan ham telefon orqali muloqot qilgan.

Suhbat chog'ida Isroil-Falastin mojarolari va Isroilning G'azoga hujumlari hamda uning oqibatlari muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Iroq , #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar