Erdo‘g‘an Lula da Silva bilan Isroil – Falastin muammosini qo‘lga oldi

Prezident Erdo‘g‘an Braziliya Davlat rahbari Luiz Inasio Lula da Silva bilan telefon orqali muloqot qildi.

2052476
Erdo‘g‘an Lula da Silva bilan Isroil – Falastin muammosini qo‘lga oldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Braziliya Davlat rahbari Luiz Inasio Lula da Silva bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi, o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lumot berdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra muloqot chog‘ida Isroil bilan Falastin o‘rtasida avj olib borayotgan to‘qnashuvlarni to‘xtatib, tinchlik o‘rnatish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan mavzular qo‘lga olindi.

Prezident Erdo‘g‘an muloqot chog‘ida butunlay tinchlik o‘rnatish uchun Turkiya taklif qilgan yechim yo‘llari haqida ma’lumot bo‘lishib, dunyoning hech qaysi davlati vaziyatning avj olishiga yo‘l qo‘ymay, insonparvarlik yordami masalasida, inson huquqlari doirasida konkret qadamlar tashlashi kerakligini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar