Turkiya Yevroparlamentning Qorabog‘ bo‘yicha rezolyutsiyasini qoraladi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa parlamenti tomonidan Qorabog‘ atrofidagi vaziyat va Ozarbayjon bilan munosabat bo‘yicha qabul qilingan rezolyutsiyani qoraladi va ushbu hujjatni mas’uliyatsizlik deb baholadi.

2048527

“Bu rezolyutsiya majburiyat yuklamaydi, mas’uliyatsizlik, tarafkashlik va nodonlik ramzidir. Yevropa parlamenti bir guruh a’zolarining populistik ruhdagi so‘zlariga asoslangan, ko‘p yillardan beri Turkiyaga qo‘yib kelinayotgan asossiz ayblovlar aks etgan bu rezolyutsiyani qoralaymiz”, deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, Yevroparlamentning hozirgi tarkibi faoliyatida “populizm, irqchilik, islomofobiya, aksilmultikulturalizm, shuningdek integratsiyaga qarshi kayfiyat tobora kuchayib borayotgan” Yevropa siyosati tendensiyalari yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Turkiya TIV amaldagi tarkibning muddati tugagach, “konstruktiv, inklyuziv, dono va Yevropa parlamenti fundamental qadriyatlariga sodiq” yangi tarkib shakllanishiga umid bildirgan.

Tanlangan kalimalar: #Qorabog' , #Turkiya

Aloqador xabarlar