Hakan Fidan Blinken bilan Isroil-Falastin mojarolarini muhokama qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qildi.

2047987
Hakan Fidan Blinken bilan Isroil-Falastin mojarolarini muhokama qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotga ko'ra, suhbat chog'ida Isroil va Falastindagi so'nggi o'zgarishlar muhokama qilindi.

Hakan Fidan bir kun avval amerikalik hamkasbi bilan mavzu yuzasidan telefon orqali muloqot qilgan edi.

Vazir Hakan Fidan shuningdek, Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Aymen al-Safedi, Birlashgan Arab Amirliklarining tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon va Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Jose Manuel Albares bilan ham muloqot qilib, Yaqin Sharqda kuchayib borayotgan taranglikni bartaraf etish masalasini muhokama qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar