Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya ishtirokida Eternity-2023 mashqlari boshlandi

Ozarbayjonning poytaxti Bokuda Turkiya, Ozarbayjon va Gruziya ishtirokida kompyuter yordamida qo'mondonlik posti (Eternity-2023) mashqlari boshlandi.

2045638

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Ozarbayjon Milliy Mudofaa Universiteti Harbiy boshqaruv instituti Harbiy oʻyinlar markazida “Eterity-2023” mashgʻulotlari boshlanganligi maʼlum qilindi.

Bayonotda taʼkidlanishicha, nazariy va amaliy qismlardan iborat boʻlgan oʻquv mashgʻulotlarida strategik ahamiyatga ega loyihalarni himoya qilishga qaratilgan vazifalar uch davlat harbiy xizmatchilari va tegishli davlat muassasalari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

Vazirlik bayonotida, uch davlat qurolli kuchlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va murosaga erishishni maqsad qilgan mashg‘ulotlar 6 oktyabrga qadar davom etishi qayd etildi.

Tanlangan kalimalar: #Gruziya , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar