Turkiyadan 42 ming 875 nafar tartibsiz muhojir deportatsiya qilindi

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma'lum qildi.

2043666
Turkiyadan 42 ming 875 nafar tartibsiz muhojir deportatsiya qilindi

 

Turkiyada 1 iyundan 22 sentyabrgacha 42 ming 875 nafar tartibsiz muhojir deportatsiya qilingan.

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma'lum qildi.

"Shu yilning iyun oyidan 22-sentyabrgacha 97 ming 363 nafar tartibsiz muhojir qo'lga tushirildi. Bulardan 42 ming 875 nafarini deportatsiya qildik",-deydi u.

Uning ta'kidlashicha, noqonuniy muhojirlar asosan Afg'oniston, Pokiston, O'zbekiston va Eron chegaralaridan o'tgan. Mobil migratsiya nuqtasi ilovasi Istanbulda ishga tushirilgan bo'lib, uning natijasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda katta muvaffaqiyatga erishilmoqda.

"Biz 1 oktyabrdan Bursa, Adana, Izmir va Anqarada Mobil migratsiya nuqtasi ilovasini ishga tushirmoqdamiz. 1 oktyabrdan Bursa, Adana, Izmir va Anqarada Mobil migratsiya nuqtasi ilovasini ishga tushiramiz. 1-noyabrdan boshlab transport vositalari sonini 153 taga koʻpaytiramiz va bir vaqtning oʻzida 30 ta katta shaharda boshlaymiz va 1 dekabrdan butun Turkiyada tatbiq boshlanadi”,-dedi Ali Yerlikaya.

O'tgan hafta chegara xavfsizligi va tartibsiz migratsiyaga qarshi kurash mavzusida Gretsiya Immigratsiya va boshpana vaziri va Bolgariya Ichki ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qilganini ifoda etgan vazir Yerlikaya, Bolgariya Ichki ishlar vaziri Kalin Stoyanovning 10-oktyabr kuni Turkiyaga kelishini, Gretsiya Immigratsiya va boshpana vaziri Dimitris Keridisning tashrif sanasi hali ma'lum emasligini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Ali Yerlikaya , #Turkiya

Aloqador xabarlar