Kurtulmush Saidov va hamrohligidagi hay'atni qabul qildi

Kurtulmush TBMMDA Saidov va hamrohligidagi hay'atni qabul qildi.

2042882
Kurtulmush Saidov va hamrohligidagi hay'atni qabul qildi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Bahtiyor Saidov va hamrohligidagi hay’atni qabul qildi.

Saidov va uning hay’atini poytaxt Anqarada, Turkiya Buyuk Millat Majlisida mehmon qilishdan mamnun ekanini ifoda etgan Kurtulmush, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratib:

“Bu yerdagi hamkorlik va kuch aslida ham Osiyo ham da Yevropa davlatlari jihatidan muhim imkon beradi. Biz birgalikda iqtisodiy, tijoriy, siyosiy, madaniy, taʼlim kabi har sohada qoʻshma loyihalar yaratish orqali umumiy maqsad sari birgalikda qadam tashlashimiz kerak. Qo‘limizda shunchalik imkon va bir birimizni yaqinlashtiruvchi madaniy zamin bor ekan, undan foydalanish bizning burchimizdir”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Kurtulmush:

“Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar oxirgi paytlarda aʼlo darajaga yetdi. Oʻzbekiston rivojini; Turkiya rivoji sifatida qabul qilamiz. Turkiya rivojini ham o‘zbekistonlik qardoshlarimiz huddi shunday qabul qilishidan aminmiz”. – deya gapirdi.

O‘zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Bahtiyor Saidov esa, Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Kurtulmush bilan uchrashganidan mamnunligini bildirib, Turkiyaning O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan davlat ekanini doimo yodda tutishlari va buni hech qachon unutmasliklarini ta’kidladi.

 


Tanlangan kalimalar: #TBMM , #Numan Kurtulmush , #Bahtiyor Saidov

Aloqador xabarlar