"TRT World"ning "Ukraina urushi kundaliklari" filmi Emmy mukofotining final bosqichida

TRT World tomonidan tayyorlangan, mukofotga sazovor bo'lgan "Off the Grid" hujjatli filmining Ukrainada suratga olingan "Ukraina urushi kundaliklari" qismi xalqaro muvaffaqiyatga erishdi.

2041254
"TRT World"ning "Ukraina urushi kundaliklari" filmi Emmy mukofotining final bosqichida

 

TRT World tomonidan tayyorlangan, mukofotga sazovor bo'lgan "Off the Grid" hujjatli filmining Ukrainada suratga olingan "Ukraina urushi kundaliklari" qismi xalqaro muvaffaqiyatga erishdi.

Turkiya radio va televideniye tashkiloti (TRT) tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, hujjatli filmda Rossiya va Ukraina o'rtasidagi urushdan keyin tinch aholining boshidan kechirganlari hikoya qilinadi.

Bu Xalqaro Televizion sanʼat va fanlar akademiyasi tomonidan taqdim etilgan 44-Xalqaro Emmi mukofotining “Yangiliklar va dolzarb masalalar” nominatsiyasida finalist boʻldi.

Finalda Turkiya nomidan ishtirok etgan TRT Worldning raqiblari Angliya, Braziliya va Isroil edi.

Ukrainada suratga olingan, Mouhssine Ennaimi va Aleksandr Pauliat tomonidan tayyorlangan va Hakan Ho’jao’g'lu tomonidan suratga olingan hujjatli film, urushning halokatli yuzini tomoshabinlarga hayratlanarli tarzda olib keladi va Ukrainadagi tinch aholi hayotining chekinishi bilan bog'liq o'zgarishlarni tasvirlaydi. 

Bayonotda fikrlari o'rin olgan TRT Bosh direktori Mehmet Zohid So’baji shunday dedi:

"TRT sifatida bizning maqsadimiz xorijiy tillardagi ko'rsatuvlarimiz bilan xalqaro maydonda kuchli ta'sir o'tkazishdir. Biz uzoq geografiyada ham, yonimizda ham voqealarni kuzatib boramiz.

Biz dunyo ko'pincha e'tiborsiz qoldiradigan ko'plab masalalarni kun tartibiga olib chiqamiz.

  Shuning uchun TRT Worldning Ukrainadagi urushning, ayniqsa tinch aholiga ta'siri haqida "Off the Grid" nomli hujjatli xabar filmi uchun Xalqaro Emmi mukofotiga nomzod bo'lishi biz uchun ajablanarli emas.

Bu bizning muvaffaqiyatimizning xalqaro ro'yxatidir. – Hissa qo‘shgan barcha hamkasblarimni chin yurakdan tabriklayman.

TRT xalqaro eshittirishlar boʻyicha masʼul bosh direktor oʻrinbosari Oʻmer Faruk Tanrıverdi, “Emmi uchun nomzodimiz, TRT Worldning xalqaro eshittirishda erishgan nuqtasining isbotidir. – Hissa qo‘shgan do‘stlarimizni tabriklayman.

TRT World kanali koordinatori Bora Bayraktar, “Bu nominatsiya jurnalistika va televideniyeda erishgan nuqtamizning eng muhim teleradiokompaniyalar tomonidan tan olinishidir.

Shuningdek, bu Ukrainadagi vaziyatni to‘liq va muvozanatli taqdim etganimizning eng katta isbotidir”, - deydi u.

44-Xalqaro Emmy mukofotining “Yangiliklar va dolzarb masalalar” nominatsiyasidagi mukofotlar, o'z g'oliblarini 27 sentyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan va televideniye olamining yetakchi nomlari ishtirok etadigan taqdirlash marosimida topadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar